Qozoğiston Rossiya gazini öz hududi orqali Özbekistonga tranzit qiliş uçun texnik tayyorlikni ta’minlaş niyatida, barça zarur infratuzilma taqdim etiladi. Bu haqda Qozoğiston energetika vaziri Almasadam Satqaliyev ma’lum qildi.

«Özbekiston va «Gazprom» gaz hajmi va narxi böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda. Qozoğiston öz hududi orqali gaz tranziti uçun texnik ta’minotga tayyorligini ma’lum qildi», dedi u.

Satqaliyev sözlariga köra, muzokaralar yakunlanişi bilan barça zarur infratuzilma taqdim etiladi. Uning taxminiy tayyorgarlik şartlarini baholab, kelasi yilning kuz-qiş mavsumi bölişini ta’kidladi.

«Biz uşbu tranzitdan... tranzit uçun mablağ oliş nuqtai nazaridan va umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida energiya ta’minoti işonçliligini oşiriş doirasida manfaatdormiz», dedi u.

Vazir may oyi örtalarida Qozoğiston rasmiylari Rossiya gazini Özbekistonga tranzit qiliş masalasini muhokama qilayotganini aytgan edi. Uning sözlariga köra, muzokaralar konstruktiv ruhda davom etmoqda.

Aprel oyida Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib beriş «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali amalga oşirilişi rejalaştirilganini ta’kidlagan edi.