2023 yil 2 iyun kuni maxsus iqtisodiy zonadagi ADM Jizzakh avtomobil zavodi quriliş maydonçasida tantanali ravişda vaqt kapsulasini joylaş marosimi ötkazildi. Tadbir Koreyaning DASAN DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda bosim ostida quyiş usuli bilan avtomobil butlovçi qismlari işlab çiqaradigan yangi korxona qurilişi boşlanişi munosabati bilan ötkazildi.

Joylanayotgan idişning ramziy obrazi, yangi qöşma korxonaning qurilişi böyiça işlarning boşlanişini ifodaladi. ADM Jizzakhʼning hamkori sifatida Koreyaning DASAN DMC kompaniyasi gavdalandi.
Qöşma korxonaga rejalaştirilgan kiritiluvçi investitsiyalar hajmi 8,2 million AQŞ dollarini taşkil etadi. ADM Jizzakh yetkazib beruvçilari klasteri qoşidagi yangi korxonada old va orqa bamperlar, eşik qoplamalari, instrumental panellar, markaziy konsol va boşqa yirik plastmassali butlovçi qismlar, şuningdek, avtomobillar uçun statik va dinamik rezina qistirmalari işlab çiqariladi.

Har ikki tomon vakillari qutlov sözlari bilan çiqiş qilib, loyihaning muvaffaqiyatli va jadal rivojlanişi yuzasidan tilaklar bildirdi.
“Biz uzoq muddatli hamkorligimizning dastlabki bosqiçidamiz va birgalikdagi maqsadlarimizga bosqiçma-bosqiç erişamiz! DMC Inc. kompaniyasi tomonidan barça kerak bölgan texnik yordam nafaqat işga tuşiriş bosqiçida, balki loyihamizni amalga oşiriş jarayonida ham taqdim etiladi!” - dedi DMC kompaniyalar guruhi raisi örinbosari Yoon Çoonyul.

Ularning çiqişlaridan söng vaqt kapsulasining tantanali joylanişi amalga oşirildi, unda nafaqat kompaniyalarning rasmiy vakillari, balki Jizzax viloyatining turli taşkilotlaridan taklif etilgan mehmonlar ham iştirok etdilar.

Vaqt kapsulasiga hamkorlik memorandumi joylaştirildi.

Şuningdek, toşga memorandum imzolangan sana va korxonalarning nomlari ramziy ravişda öyib yozilgan lavh örnatildi.



















