6 iyun

Şanba kuni keçqurun Lionel Messining Parij bilan boğliq tarixi yakuniga yetdi. Xayrlaşuv mavsumning ikkinçi qismi kabi yumaloq-yostiq böldi. Tarkiblarni e’lon qiliş va çempionlarni taqdirlaş marosimi vaqtida fanatlarning bir qismi tomonidan huştakbozlik, hisob 2:2 ekanida yuz foizlik imkoniyatdan foydalana olmaslik va «Park de Prens»da ikki töp farqini yöqqa çiqara olgan «Klermon»dan alamli mağlubiyat.

Messining «PSJ» futbolkasidagi sönggi daqiqalari ham ramziy keçdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda raqib darvozasi tomonidan jarima zarbasi belgilanganida, butun stadion undan möjiza kutdi, ammo darvozaning yuqori burçagiga kirib ketayotgan töpni olib çiqqan darvozabonning mahoratiga guvoh böldi. Öyin yakunlanganida esa şu kuni jamoadagi sönggi öyinini ötkazgan afsonaviy futbolçi alam bilan stadionni barçadan oldin tark etdi. Bu yarim yil muqaddam boşi uzra jahon kubogini kötargan va dunyodagi eng baxtli odamga aylangan Leoga umuman öxşamasdi.

Endi Parij — allaqaçon yopilgan sahifadir. Agar hissiyotlar çiqarib taşlansa, unda uçta sovrin (ikki çempionlik va Fransiya Superkubogi), 32 gol va 35 golli uzatmadan iborat raqamlar qoladi. Buyoğiga — yangi hayot. Va voqealar rivoji böyiça turli variantlarning muhokamasi Leo yangi klubi bilan şartnomaga imzo çekmaguniça töxtamaydi.

Yangiliklar poygasida birinçi bölib Diario Sport naşri start oldi. Bir kun avvalroq «Inter Mayami» Messiga 200 million yevro evaziga tört yillik şartnoma taklif etayotgani haqida xabar tarqatgandi. Bir kun ötib ma’lumot yangilandi — yangi xabarda «Al-Hilol» 6 iyun kuni Messini özining yangi a’zosi sifatida taniştirişi aytildi. Argentinalik bilan turizm sohasida tijorat şartnomalari mavjud bölgan Saudiya Arabistonidagilar allaqaçon ulkan taqdimot tayyorlaşayotganini aytişgan.

Foto: Global Look Press

«Barselona» va moliya masalasi

Messining otasi öğlining «Barselona»ga qaytiş xohişini aytdi. «Leo «Barsa»ga qaytişni istamoqda. Men ham uning bu klubga qaytişini istardim. Buni amalga oşirişimizga işonaman», dedi Xorxe Messi Joan Laporta bilan uçraşuvdan keyin.

«Barselona»da esa allaqaçon bu sözlar aytib bölingan. Kök-anorranglilarning Leo bilan döstona aloqalarga ega bölgan boş murabbiyi Xavi Ispaniya çempionatining sönggi turi arafasida Messi qaytişini juda istaşini va bu klub uçun ustuvor vazifa ekanini aytdi.