Turkiya Transport va infratuzilma vazirligining Dengiz ishlari bosh boshqarmasi Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari orqali Qora dengizdan O‘rta Yer dengiziga o‘tish uchun to‘lovlar miqdorini oshirdi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Aydinlik gazetasi. To‘lov 4,08 dollardan 4,42 dollargacha, ya’ni 8,3 foizga oshadi.

Bo‘g‘ozlardan o‘tish uchun to‘lov 1936 yilda imzolangan Montre konvensiyasiga muvofiq oltin franki asosida hisoblanadi. Imzolanganda oltin franki 0,8 dollarga teng bo‘lgan. Konvensiya Turkiyaning bo‘g‘ozlar ustidan suverenitetini tikladi. Montre konvensiyasining 19-moddasiga binoan, Turkiya urishayotgan mamlakatlar kemalari uchun bo‘g‘ozlarni yopishi mumkin, to‘xtash joyiga qaytgan kemalar bundan mustasno.

O‘tgan yilning oktabr oyida Turkiya rasmiylari kirish to‘lovini 5 barobarga oshirib, 4,08 dollargacha ko‘targan edi. Endilikda «oltin franklarining soliq va yig‘imlar (mayoq, buzish va sanitariya nazorati) bo‘yicha bazaviy qiymati» savdo kemasining sof tonnaji uchun 4,42 dollar qilib belgilandi, deb yozadi gazeta.

Ta’kidlanishicha, 2023 yilda yuk tashishdan tushgan daromad o‘tgan yillardagi o‘rtacha 160-170 million dollardan 900 million dollarga yetishi mumkin. Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi har yili iyun oyi oxirida oltin frankining bazaviy qiymatini yangilashga qaror qilgan, deb yozadi nashr.