AQŞ "Rossiya hukumatining Moldovada beqarorlik va yomon ta’sir körsatiş kampaniyasi" uçun mas’ul bölgan 7 nafar Rossiya fuqarosiga qarşi sanksiyalar kiritmoqda. Bu haqda 5 iyun, duşanba kuni AQŞ Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan press-relizda aytiladi.
Jazo çoralari joriy etilgan şaxslar moliya idorasi tomonidan "Rossiya razvedkasi bilan boğliq zararli ta’sir guruhining yetakçi a’zolari" sifatida tasvirlangan, ular boşqa mamlakatlar "fuqarolarining qörquvidan foydalanişga" va "qonuniy saylangan hukumatlarni beqarorlaştirişga" harakat qilmoqda.
“Bugun joriy etilgan sanksiyalar Rossiyaning demokratiyani beqarorlaştirişga qaratilgan yaşirin harakatlariga oydinlik kiritadi”, dedi AQŞ moliya vaziri örinbosari Brayan Nelson. 2023 yil boşida Moldova hukumatini beqarorlaştiriş maqsadida til biriktirgan guruh rahbari, Vaşingtonga köra, röyxatdagi Konstantin Sapojnikovdir.
Çeklov ostiga tuşgan şaxslarning AQŞga kirişi taqiqlanadi va ularning uşbu mamlakat hududidagi barça mol-mulki musodara qilinadi. Amerika fuqarolariga ular bilan biznes qiliş taqiqlangan.

















