Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 5 iyun, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasining bir qator mintaqalaridagi radiostansiyalar efirida paydo bölgan Putinning “favqulodda murojaati”ni, göyoki Bryansk, Kursk va Belgorod viloyatlarida harbiy holat, şuningdek, umumiy safarbarlik joriy etiş rejalari e’lon qilinganini feyk deb atadi. Peskovning sözlariga köra, hodisaga “radiostansiyalarni buziş” sabab bölgan. "Ha, bu haqiqatan ham buzğunçilik bölgan. Biz bu haqda bilamiz. Hozirda radiokompaniyalar bu haqda tegişli bölimlar tomonidan zudlik bilan xabardor qilinmoqda, biroq nazorat allaqaçon tiklangan", - deya Peskov sözlarini keltiradi RIA "Novosti".

Rossiyaning bir qança Telegram-kanallarida e’lon qilingan “Putinning murojaati” videosi göyoki Rostov, Voronej va Belgorod viloyatlari radiosi orqali efirga uzatilgan. Uşbu "murojaat"da "NATO bloki tomonidan tiş-tirnoğigaça qurollangan Ukraina qöşinlari Vaşingtonning roziligi va kömagi bilan" Rossiya çegaradoş viloyatlari hududiga bostirib kirgani, şu munosabat bilan ularda harbiy holat joriy etilgani aytilgan hamda aholini evakuatsiya qiliş taklif qilingan. “Bugun men umumiy safarbarlik töğrisidagi farmonni ham imzolayman”, - deya Vladimir Putinning ovozi radioda yangragan.

Rostov radiostansiyasi "Ataman FM" boş muharriri uning efirida “Putin murojaati” berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, radiostansiyasini buzişning imkoni yöqligini aytdi.