XVJ rahbari prezident maslahatçisi örinbosari Timur Işmetovning Özbekiston uçun 3ta muhim yönaliş haqidagi savoliga javob berarkan, tadbirkorlarga köproq imkoniyat beriş va Jahon savdo taşkilotiga a’zolikni tezlaştiriş kerakligini aytdi. “Finiş çiziğiga yaqinlaşiş vaqti kelgan”, – dedi u.

Xalqaro valuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva 7 iyun kuni Özbekiston Markaziy bankida talabalar bilan uçraşdi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov iştirokida ötgan uçraşuvga prezident maslahatçisi örinbosari Timur Işmetov moderatorlik qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda Timur Işmetov XVJ rahbariga islohotlarning yönalişlari haqidagi savol bilan murojaat qildi.

“Siz birinçi örinda kuçli islohotlarni davom ettiriş muhim ekanini aytdingiz. Biz Xalqaro valuta jamğarmasi bilan muloqot qilganimizda juda köp bora islohotlar izidan boriş ustuvor vazifa ekani ta’kidlanadi, biz buning ahamiyatini ham sizlardan, ham öz xatolarimizdan örganmoqdamiz. Hozirga kelib şuni tuşunib yetdikki, islohotlarning barini birdaniga emas, balki bosqiçma-bosqiç, muayyan davrlarga bölib amalga oşiriş kerak ekan. Şundan kelib çiqib, ikkinçi savolimni söramoqçiman: ötgan yillar davomida Özbekiston közga körinadigan muvaffaqiyatlarga erişdi. Bundan keyingi davrda islohotlarni davom ettiriş va yutuqlarga erişiş uçun sizningça qaysi uçta yönalişga e’tibor qaratişimiz lozim?” – deya söradi Işmetov.

Kristalina Georgiyeva bunga javoban tadbirkorlik faoliyatini erkinlaştiriş kerakligini aytdi.

“Iqtisodiyotda davlatning roli hamon salmoqli. Men davlat bu borada batamom çetga çiqsin demayman, ammo şunday sohalar borki, ularda davlatdan köra tadbirkorlar yaxşiroq imkoniyatga ega, ularga davlat egalik qilişi bu sohalardan tadbirkorlarning orqaga çekinişiga sabab bölyapti. Işonamanki, bu yerda ötirganlar orasida ham bunday imkoniyatdan unumli foydalana oladiganlar yetarliça”, – dedi u.

XVJ rahbari ikkinçi yönaliş JSTga a’zolikni tezlaştiriş ekanini aytdi.

“Ikkinçidan, sizlar hozirda Jahon savdo taşkiloti a’zosiga aylanişga astoydil kirişgansiz. Bu Özbekiston uçun haqiqatan ham juda muhim. Çunki siz jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşuvni xohlaysiz. Raqobatbardoş muhitda böliş siz uçun nihoyatda foydali böladi. Menimça, finiş çiziğiga yaqinlaşiş payti kelgan”, – dedi u.