O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘sishni saqlab qola oladi – Jahon banki
O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib qoladi. Bu haqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari» so‘nggi hisobotida aytiladi.

Foto: Getty Images
Iqtisodchilar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi davom etayotgan mojaro tufayli yuzaga kelgan noaniqlik sababli mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’atlari ancha past bo‘lishini kutishmoqda. Prognozga yuqori inflatsiya va qat’iyroq pul-kredit siyosati ham ta’sir qiladi.
2023 yil oxirida Yevropa va Markaziy Osiyoning umumiy yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 1,4 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2024-2025 yillarda tashqi zarbalarning qisqarishi va talabning tiklanishi hisobiga yillik 2,7 foizgacha tezlashishi kutilmoqda.
Mintaqaviy prognozni yaxshilashning asosiy sabablaridan biri Rossiya uchun hisob-kitoblarni qayta ko‘rib chiqish bo‘ldi. Agar yil boshida Jahon banki ekspertlari Rossiya yalpi ichki mahsulotining 3 foizdan ko‘proq pasayishini kutgan bo‘lsa, hozir u atigi 0,2 foizni tashkil etyapti.
Markaziy Osiyo mamlakatlari guruhi, bank hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin kelajakda mintaqada eng yuqori o‘sishni ko‘rsatadi – joriy yil uchun 4 foiz va keyingi yil uchun 4,4 foiz. Biroq, 2025 yilda tiklanishning boshlanishi tufayli ularni Sharqiy Yevropa ortda qoldirishi mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Jahon banki 2023 yilda o‘sish bo‘yicha birinchi o‘rinni Tojikistonga berdi – 6,5 foiz, O‘zbekiston 5,1 foiz bilan ikkinchi o‘rinda. Biroq, keyin ular o‘rinlarini o‘zgartiradi (2024 yilda 5 foiz va 5,4 foiz hamda 2025 yilda 4,5 foizga qarshi 5,8 foiz).
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yildan boshlab mintaqada o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchiga aylanadi. Tojikistondan tashqari Gurjiston va Armanistonda ham jadal o‘sish kutilmoqda.
Qirg‘iziston, o‘tgan yilgi rekord darajadagi 7 foizdan so‘ng, pul o‘tkazmalarining qisqarishi fonida ancha oddiy o‘sish sur’atini (2023 yilda 3,5 foiz, keyingi ikki yilda 4 foiz) ko‘rsatadi. Qozog‘iston iqtisodiyoti zarbalardan qisman tiklanadi, biroq sur’at 2021 yilgi darajadan past bo‘lib qoladi.
Ukrainadagi mojaroning davom etishi va inflatsiyaning tezlashishi bilan bir qatorda, Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun energiya sohasida xavf mavjudligini qayd etdi. Bundan tashqari, iqtisodchilar iqlim o‘zgarishi sababli ommaviy migratsiya ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi

21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

10:21 / 22.04.2025