Poytaxtdan Toşkent viloyatining Böstonliq tumaniga («Çorvoq» erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovçi avtobuslar harakati yölga qöyildi.
Transport vazirligi xabariga köra, avtobuslar «Maşinasozlar metro bekati – Çorvoq» yönalişida har kuni uçta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bölgan yönalişda yölovçilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Avtobuslar Maşinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jönaydi. Çorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.
Qatnovlar «Yutong» korxonasining avtobuslarida amalga oşirilmoqda. Uşbu yönalişda yölkira narxi 15 000 söm etib belgilangan.
















