Uning sözlariga köra, Ukraina tomoni bölib ötgan voqea haqida Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlarini allaqaçon xabardor qilgan, BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkaziş taşabbusi bilan çiqqan, Boş prokuratura esa ekotsid moddasi böyiça jinoiy iş qözğatgan. 

«Fojia oqibatlari bir hafta içida ma’lum böladi. Oddiy qilib aytganda, suv ketgaç... 35 tadan 80 tagaça aholi punktlarini suv bosişi, içimlik suvi ta’minotida katta muammolar yuz berişi mumkin. Içimlik suvi suv toşqini kuzatilmagan hududlarda katta muammolar keltirib çiqaradi. Butun mintaqada: Dnipropetrovsk, Zaporijjya va Xersonda», — dedi Zelenskiy. 

Keyinroq Ukraina prezidentining telegram-kanalida oliy boş qömondon qarorgohida Kaxovka GESdagi vaziyat böyiça razvedka hisoboti eşitilgani haqida xabar paydo böldi. 

«Asosiy xulosa şuki, portlaş ataylab qilingan, biroq duşman tartibsiz harakat qilib, öz texnikasini suv bosişiga yöl qöygan. Şu bilan birga, töğonning portlaşi Ukrainaning öz hududlarini qaytarib oliş qobiliyatiga ta’sir qilmadi», deyiladi xabarda.