Qaror loyihasi prezidentning «Davlat aktivlarini boşqariş agentligi faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida» 2023 yil 24 martdagi PQ–101-son qaroriga muvofiq işlab çiqilgan.
Qaror loyihasini qabul qilişdan maqsad bojxona, soliq, sud va boşqa organlar tomonidan davlat daromadiga olingan tovar-moddiy boyliklarni şartnoma-vositaçilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo taşkilotlari buyurtmasiga köra, sotilayotgan mahsulotlarni yagona platformaga joylaştirişga hamda savdolarni şaffof tarzda amalga oşirişga erişişdan iborat.
Qaror loyihasida 2023 yil 1 sentabrdan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (bundan oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, köçmas mulk va qonunçilik hujjatlarida belgilangan boşqa mulkiy huquqlar mustasno) soddalaştirilgan auksion tamoyillari asosida sotiş maqsadida E-auksion elektron savdo platformasida E-auksion shop elektron savdo dökoni faoliyatini yölga qöyiş töğrisidagi taklifga rozilik beriş, davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalaştirilgan auksion tamoyillari asosida E-auksion shop elektron savdo dökoni orqali sotiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş nazarda tutilmoqda.















