Faqat Kvebekda mahalliy öt öçiruvçilar bir vaqtning özida 40 dan ortiq bölmagan yonğinlarni öçiriş imkoniyatiga ega bölişiga qaramay, 150 dan ortiq faol yonğinlar mavjud.

Uşbu yonğinlar tufayli Amerika şaharlarida - Nyu-York, Vaşington va boşqalarda ham tutun kuzatilmoqda. AQŞ şimoliy qöşnisiga favqulodda yordam yubormoqda.

Foto: Getty Images

Kvebekdan taşqari Britaniya Kolumbiyasi, Alberta, Ontario, Yangi Şotlandiya va Şimoli-Ğarbiy hududlarda 3,3 million gektar örmonlar yonmoqda.

Kanadada örmon yonğinlari yilning şu davriga xosdir. Biroq bu yil kuzatilayotgan yonğinlar kölami juda katta bölib, qisman quruq ob-havo va haroratning isişi bilan boğliq. Agar yonğinlar şu tezlikda tarqalişda davom etsa, rasmiylar 2023 yil Kanadada yonib ketgan hudud hajmi böyiça eng yomon yil bölişini taxmin qilmoqda.

Foto: Reuters

Yaqin atrofdagi yonğinlar tufayli minglab kanadaliklar evakuatsiya qilindi, Şimoliy Amerika böylab ön millionlab odamlar potensial tutun xavfi haqida ogohlantirildi.

Kanada va AQŞning köplab şaharlarida, jumladan Toronto, Ottava, Nyu-York va Vaşingtonda osmon töq sariq rangga kirdi. Ottava hukumati yonğinlar natijasida havoning ifloslanişini odamlar, ayniqsa, nafas yöllari kasalliklari bilan oğriganlar salomatligi uçun öta xavfli deb atadi.

Foto: Reuters

Nyu-York va Vaşingtonda davlat maktablari faoliyati töxtatildi, Nyu-York meri Erik Adams esa vaziyat yomonlaşişi mumkinligidan ogohlantirdi va aholini uylarini tark etmaslikka çaqirdi.

Erik Adamsning aytişiça, nyu-yorkliklar heç qaçon bunday narsalarni boşdan keçirmagan. U vaziyatni misli körilmagan deb atadi.

Foto: Getty Images