AQŞ prokuraturasi sobiq prezident Donald Trampni uyidan topilgan maxfiy hujjatlar işi böyiça jinoiy iş qözğatilgani haqida rasman xabardor qildi. Bu haqda 7 iyun, çorşanba kuni Politico vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
Prokuraturaning xati AQŞ maxsus prokurori Jyek Smit bu iş böyiça Trampni ayblaşini anglatişi mumkin, deb yozadi naşr. AQŞ Adliya vazirligi qoidalariga köra, prokurorlar ayblov e’lon qilinişi mumkin bölgan şaxslarga bunday xabarnoma berişlari va ularga ayblov xulosasi çiqarilişidan oldin guvohlik beriş imkoniyatini taqdim etişlari mumkin.
Tramp prokurordan xat olgani haqidagi ma’lumotni ABC telekanali tasdiqladi. Prokuratura bu borada izoh berişdan boş tortdi.
Maxsus prokurorning tekşiruvi Trampning uyida 2017 yildan 2021 yilgaça prezident bölib işlagan vaqtida turli darajadagi maxfiy hujjatlar topilgani bilan boğliq. Vazifasini tark etgaç, Tramp hujjatlarni Floridadagi qarorgohida qoldirgan.

















