Intervyu mehmonlari Siyosatşunos Farhod Tolipov, yozuvçi Uluğbek Hamdam va ta’lim masalalari böyiça ekspert, iqtisodçi Bahodir Ğaniyevni böldi.

— Insoniyat tarixida har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi, ya’ni rivojlaniş bosqiçi böladi. Bu deylik, quldorlik, feodalizm yoki kapitalizm. Bu bosqiçlarga xos xususiyatlarni ham yaxşi bilasiz.

Xöş, iqtisodçi, yozuvçi va siyosatşunos sifatida bugungi özbek davlatçiligi, jamiyati qaysı ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bosqiçida deb öylaysiz?

Farhod Tolipov:

— Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tuşunçasi siyosatşunoslikda bir xilda qabul qilingan qat’iy tuşunça emas, lekin tuşunarli bölgan atama. Tarixdan ma’lumki, insoniyat bugunga qadar bir neçta bosqiçlardan ötgan: quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm kabi. Lekin bularni qat’iy davrlaştirib bölmaydi, har bir joyda har xil. Formatsiyalarning ba’zi bosqiçdagi körinişlari ba’zi holatlarda ikkinçi bir bosqiçda ham merosdek saqlanib qoladi. Bizda ham, ba’zi sobiq ittifoq davlatlarida ham sotsializmning ba’zi elementlari saqlanib qolmoqda. Sof böliniş, farqlaniş keyinçalik bölişi mumkin.

Farhod Tolipov

Tarixçilar, boşqa bir mutaxassislardan bu borada söz söraganimda, doim bozor iqtisodiyoti deyişadi. Töğridan töğri kapitalizm deyişga çöçişadi. Mustaqillikning ilk davridan şunaqa bizda. Menimça, Sovet davridagi qörquv ongda bor haliyam. Umuman olganda, kapitalizm bu. Özi adabiyotlarda kapitalizmdan söng sotsializmga ötiladi, deyiladi, lekin biz sotsializmdan söng kapitalizmga ötdik.

Uluğbek Hamdam:

— Marksizm nuqtai nazaridan qaralsa: sinflar bölmagan tizim, ya’ni ibtidoiy jamoa tizimi, sinflar mavjud bölgan quldorlik, feodalizm, kapitalistik tizimlar, keyin esa sotsializm. Sotsializm ham bosqiçlarga bölinib ketadi.

Odamlarni, hayotni kuzatib aytadigan bölsam, bizda hammasi aralaş. Ya’ni qanaqadir «mix» holatda turibmiz. Ayb formatsiyalarda ham emas, menimça. Biz sotsializmdan voz keçdik deymiz, lekin şu sotsializmni ham juda yaxşi rivojlantirayotgan mamlakatlar bor, masalan, Xitoy, Avstriya kabi davlatlar. Qozoğiston rivojlandi yonimizdagi, şuning uçun aybni formatsiyadan qidirmaslik kerak. Masalan, köpgina kapitalistik mamlakatlarda ijtimoiy himoya masalasi juda yaxşi yölga qöyilgan, bizda bu narsa faqat sotsializmga xos deyiladi.