Rossiya yadro qurolini Belarusda joylaştiriş 7-8 iyul kunlari boşlanadi. Ungaça zarur inşootlarni tayyorlaş jarayoni yakunlanişi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Soçida belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukaşenko bilan norasmiy uçraşuvda aytib ötdi.
«Hammasi reja böyiça ketmoqda. Bilasizmi, 7—8 iyul kunlari tegişli obektlarni tayyorlaş işlari yakunlanadi va biz zudlik bilan Belarus hududida tegişli qurol turlarini joylaştiriş böyiça çora-tadbirlarni boşlaymiz», dedi Rossiya davlat rahbari.
25 may kuni Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Minskda Rossiyaning strategik bölmagan yadro qurollarini Belarus hududidagi maxsus omborxonada saqlaş tartibini belgilovçi hujjatlarni imzolagan edi.
Xrenin Minsk Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy sohada strategik ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanini aytdi. «Strategik bölmagan yadroviy qurollarni joylaştiriş biz uçun döstona bölmagan mamlakatlarning agressiv siyosatiga samarali javobdir», dedi u.
Öz navbatida, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning ta’kidlaşiça, Rossiya Belarus hududida strategik bölmagan yadro qurollarini joylaştirsa-da, «ularni nazorat qiliş va undan foydalaniş qarori Rossiya tomonida qoladi».

















