2023 yil 7 iyun kuni fuqarolardan biri huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilgan va kredit çiqarib beriş evaziga pora sörayotgan hokim yordamçisiga qonuniy çora körişni söragan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Arizaga köra, fuqaro Samarqand şahar “Şukrona” MFYda maişiy xizmat körsatiş yönalişida tadbirkorlikni yölga qöyiş maqsadida, “Xalq banki” Samarqand şahar filialidan kredit olmoqçi bölib yurgan vaqtida, şu mahallada hokim yordamçisi lavozimida işlovçi şaxs uning işonçiga kirgan.

Söng bankdagi mansabdor tanişlari orqali 150 mln söm kredit çiqarib beriş evaziga 1 500 dollar talab qilib kelgan.

Fuqaroning arizasiga asosan, viloyat IIB va DXX boşqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda, “Şukrona” MFY binosi oldida hokim yordamçisi ariza muallifidan 1 500 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.