Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar boşpana beriş tizimini isloh qiliş böyiça dastlabki rejani kelişib oldi. Ovoz beriş 8 iyun, payşanba kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi adliya va içki işlar vazirlari yiğilişida bölib ötdi.
Yevropa Ittifoqi Kengaşiga raislik qiluvçi Şvetsiyaning ta’kidlaşiça, kelişuv "mas’uliyat va hamjihatlik örtasidagi yaxşi muvozanatni" ta’minlaydi. Italiya, Avstriya va Niderlandiya kabi Yevropa Ittifoqining ayrim a’zolari tanqidiga qaramay, bir neça soat davom etgan keskin muzokaralardan söng kelişuvlarga erişildi.
Yevropa Ittifoqining içki işlar böyiça komissari Ilva Yoxansson Yevropa Ittifoqi uçun migratsiya siyosati böyiça “öta muhim qadam”ni olqişladi.
Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer kelişuvni “tarixiy muvaffaqiyat – Yevropa Ittifoqi uçun, yangi, birdam migratsiya siyosati va inson huquqlarini himoya qiliş uçun”, deb atadi.
2024 yilda Yevropa parlamenti saylovlari oldidan yakunlanişi kerak bölgan kelişuvga köra, har bir davlat ma’lum miqdordagi muhojirlarni qabul qiliş uçun javobgar böladi, lekin ularni qabul qilişga majbur emas.
Yevropa Ittifoqiga kelayotgan noqonuniy muhojirlar va qoçqinlarni qabul qilişni istamagan davlatlar boşqa mezbon mamlakatlarga mablağ - kişi boşiga taxminan 20 ming yevro, şuningdek, jihozlar yoki xodimlar bilan yordam berişi mumkin böladi.

















