Oxirgi yillarda davlat taşkilotlari axborot siyosatida oçiqlik sari qadam qöyilib, jamoatçilik bilan muloqotga kirişiş boşlangandi. Xususan, budjet va davlat xarajatlari oçiqlanişi soliq tölovçilarga savollar beriş hamda hukumat uçun noqulay masalalarni kun tartibiga çiqariş imkonini berdi.
Umuman olganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi har bir işlatilgan mablağ böyiça jamoatçilik oldida aniq, töliq va kengaytirilgan hisobotni davriy ravişda berib borişga majbur. Ammo 2022 yil oxirida ötkazilgan adminreformadan keyin, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş hamda Moliya vazirliklari negizida taşkil etilib, “supervazirlik” maqomini olgan Iqtisodiyot va moliya vazirligida oçiqlik va hisobdorlik işlari orqaga ketyapti.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, joriy yildan davlat xarajatlari tarkibi va mundarijasi böyiça ma’lumot beriş çeklangan.
“2022 yil tugaganiga 5 oydan oşdi. Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022 yil yakunlari böyiça ijrosi yuzasidan parlamentga hisob berilgani yöq. Balki Senat va Qonunçilik palatasining özi sörab, talab qilib olar?
2023 yil I çoragi tugaganiga 2 oydan oşdi. Parlamentga hisobot berilgani yöq. Yanvar, fevral va mart oyida soliq tuşumlari töğrisidagi çala-çulpa, yarim yaşirin ma’lumot berişdan keyin, şuyam töxtab qoldi. Xarajatlar tarkibi va mundarijasi töğrisida, defitsit haqida-ku heç qanday ma’lumot yöq”, deydi iqtisodçi.
Vazirlik 12 yanvardan beri budjet xarajat va daromadlari haqidagi kunlik ma’lumotlarni ham oçiqlaşni töxtatib qöydi. Bu doimiy ravişda e’lon qilib boriladigan ma’lumotlar röyxati, ularni davriy çop etişning aniq sanalari (iqtisodiy kalendari) işlab çiqilayotgani bilan izohlagandi. Biroq oradan 5 oy muddat ötgan bölsa-da, 2019 yildan beri jamoatçilikka taqdim qilib kelinayotgan uşbu ma’lumotlarni oçiqlaş qayta tiklangani yöq va bu borada qöşimça ma’lumotlar ham berilmadi.
Bundan taşqari, Moliya vazirligi 2019 yildan boşlab hisoblaganda Davlat qarzi böyiça ma’lumotlarni yil yakuni böyiça fevral oyida, birinçi çorak yakuni böyiça esa may oyida taqdim etib kelardi.
“Iyunning birinçi ön kunligi yakunlanmoqdaki, na 2022 yil kunlari böyiça va na 2023 yil birinçi çoragi böyiça Davlat qarzi holati va dinamikasi hisoboti oçiqlandi.












