Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Özbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini körib çiqdilar.
Majlisda A.Abduhakimov ekologik vaziyatni yaxşilaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlaş maqsadida kelgusida amalga oşiriladigan işlari böyiça öz harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar A.Abduhakimov nomzodini Özbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri lavozimiga ma’qulladi.
Prezidentning “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasini transformatsiya qiliş va vakolatli davlat organi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi deb qayta nomlandi.
Aziz Abduhakimov 1974 yil 17 iyunda Toşkentda tuğilgan. Toşkent Davlat iqtisodiyot institutini bitirgan. Ma’lumoti böyiça iqtisodçi. Magistr darajasini Yaponiya universitetida olgan.
U mehnat faoliyatini 1993—1996 yillarda «Ipak yöli» bankida turli lavozimlarda boşlagan. 1996—2004 yillarda Özbekiston Markaziy banki boş mutaxassisi, «Özsanoatqurilişbank» boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2004—2008 yillarda Vazirlar Mahkamasi moliya, iqtisod, taşqi iqtisodiy aloqalar departamenti bölim mudiri, 2008—2012 yillarda Özbekiston Davlat mulkini boşqariş davlat qömitasi raisi vazifalarida işlagan. 2012—2014 yillarda Monopoliyaga qarşi kuraş davlat qömitasi raisi, 2014—2017 yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri, 2017—2018 yillarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi bölgan.
Aziz Abduhakimov 2018—2021 yillarda boş vazir örinbosari — ta’lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy soha masalalari majmuasi rahbari, 2020—2021 yillarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi, 2021—2022 yillarda boş vazir örinbosari — turizm va sport vaziri, 2022 yilda — boş vazir örinbosari — turizm va madaniy meros vaziri sifatida faoliyat olib borgan.

















