Turkiyaning Isparta şahridagi «Komando» öquv maşqlari markazida ötkazilgan «Eng ilğor mergan» musobaqasida Ispaniya, Pokiston, Qatar, Birlaşgan Arab Amirliklari singari öndan ortiq davlat vakillari, şuningdek, Özbekiston Mudofaa vazirligining ikki jamoasi iştirok etdi.
Musobaqada 14 ta şart böyiça bahs olib borildi. Jumladan, «Qayiqdan va minoralardan öq otib orolni himoya qiliş», «Vertolyot va yerdan jang olib borib, yaradorni evakuatsiya qiliş», «Harakatlanuvçi nişonlarni pistoletda yakson etiş», «Tungi vaqtda magnit azimuti böyiça harakatlaniş» kabi qator şartlar real jang şaroitiga yaqinlaştirilgan holda olib borildi.

Xabarga köra, özbekistonliklar «Toğdan qiyalikka qarab jang olib boriş», «Zararlangan hududda gazniqob taqib, nişonlarni möljalga oliş» şartida barça jamoalarni ortda qoldirib, rekord natijaga erişgan.
10 kun davom etgan musobaqada birinçi va uçinçi örinni turkiyalik harbiylar, ikkinçi örinni Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari qölga kiritgan.

















