Berlindagi muzokaralar çoğida Germaniya kansleri Olaf Şols Gurjiston boş vaziri Irakliy Garibaşvilini mamlakatning Yevropa Ittifoqiga yölini qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işontirdi. Biroq u Gurjiston hukumatini zarur islohotlarni amalga oşirişga undadi, dedi kansler matbuot kotibi Şteffen Xebeştrayt ikki mamlakat hukumat rahbarlarining 9 iyun, juma kuni bölib ötgan uçraşuvidan söng.

Şols Garibaşviliga yaqin haftalarda Yevropa Komissiyasining tavsiyalarini amalga oşiriş uçun “tezkorlik va maksimal darajada qat’iylik bilan” harakat qiliş zarurligini ta’kidladi.

Gurjiston hukumati matbuot xizmatiga köra, Garibaşvili yil oxirigaça respublikaga YeI a’zoligiga nomzod maqomi berilişini kutmoqda.

Ukraina va Moldovaga 2022 yil iyun oyida Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilgan bölsa, Gurjiston bu maqomga ega böliş uçun muayyan islohotlarni amalga oşirişi kerak. YeI tomonidan sanab ötilgan ön ikkita eng dolzarb yönalişlar orasida siyosiy qutblanişga qarşi kuraş, sud-huquq islohoti, korrupsiyaga qarşi mustaqil organ yaratiş, ommaviy axborot vositalari erkinligi va “deoligarxizatsiya” bor.