Turkiya poytaxti Anqara çekkasida raketa va portlovçi moddalar işlab çiqaradigan zavod hududida portlaş yuz berdi. 10 iyun, şanba kuni rasmiylar vakilining xabar berişiça, buning natijasida bitta bino qulab, içidagi barça beş kişi halok bölgan.
Rasmiy vakil ma’lumotlariga köra, portlaş mahalliy vaqt bilan taxminan soat 8:45 da «Maşinasozlik va kimyo sanoati korporatsiyasi» (Mechanical and Chemical Industry Corporation) davlat korxonasi hududida sodir bölgan. Taxminlarga köra, portlaş dinamit işlab çiqarişdagi kimyoviy reaksiya tufayli yuz bergan.
Mahalliy OAV tutun kötarilayotgani va tez yordam maşinalari ketayotgani aks etgan kadrlarni namoyiş etdi. Portlaş tölqini qöşni uylar va dökonlarning oynalarini sindirib yuborgan.
Dekabr oyida Turkiyaning Samsun portida kemalar çiqindilarini qabul qiluvçi zavod sisternasida portlaş sodir bölgan edi. Öşanda yonğin tezda öçirilgan, heç kim jabrlanmagandi.

















