Jamiyat | 09:03 / 11.06.2023
22576
1 daqiqa o‘qiladi

Chinoz tumanida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi

Transport prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolgani aniqlangan.

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida elektropoyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa oqibatida ayol ikkiga bo‘linib ketgani aks etgan video tarqalgan.

Transport prokuraturasi ma’lum qilishicha, 4 iyun kuni soat 06:20 da Xovos—Toshkent yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi Chinoz—Olmazor bekatlari oralig‘ida harakatlanib o‘tayotgan vaqtida 1987 yilda tug‘ilgan ayol M.S.ni urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid