Mazkur taşrifning asosiy nuqtalarini yoş siyosatşunos Taxmina Abdullayeva tahlil qildik.

— Italiya va Özbekiston aloqalari qanday tarixiy va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy omillarga tayanadi?

— Italiya Özbekiston suverenitetini tan olgan dastlabki davlatlardan biri hisoblanadi. 1996 yil iyun va 2000 yil noyabr oyida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti I.Karimovning Italiyaga rasmiy taşriflari çoğida Özbekiston-Italiya munosabatlarining asoslari yaratildi.

1997 yil may va sentabr oylarida Italiya prezidenti va Vazirlar kengaşi raisining Özbekistonga javob taşriflari amalga oşirildi. Ikki davlat örtasidagi munosabatlarning huquqiy negizida 1996 yilda imzolangan Özbekiston va Yevropa davlatlari şartnomasi turadi.

1992 yildan buyon ötgan davr içida Özbekiston va Italiya örtasida konstruktiv siyosiy muloqot hamda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning samarali mexanizmlari yölga qöyildi.

Italiya G7 a’zosi, iqtisodiyot jihatdan dunyoning kuçli öntaligiga kiradi va öz-özidan, birgina mana şu faktning özi bu davlat bilan munosabatlarimizni yanada çuqurlaştiriş taqozo qiladi. Özbekiston va Italiya munosabatlarida asosiy ustuvor yönaliş iqtisodiy munosabatlar turadi. Şuningdek bugungi kunda madaniy hamkorlik ham yangi bosqiçga kötarilmoqda.

— Özbekiston prezidentining Italiyaga taşrifi kun tartibidan joy olgan BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjalik taşkiloti boş direktori Syuy Dunyuy bilan ham uçraşuvining ahamiyati nima?

— Prezidentimiz Italiyaga taşrifining ilk kunida Birlaşgan Millatlar taşkilotining Oziq ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) raisi Syu Dunyuy bilan uçraşdi. Özbekiston Respublikasi uşbu taşkilotga 2001 yilda a’zo bölgan va 2014 yilda taşkilotning yurtimizdagi vakolatxonasini oçgan. Öşa yili şeriklik kelişuvi imzolangan.

Taşrif çoğida körilgan asosiy masalalar agrar tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va oziq-ovqat havfsizligini taminlaş böyiça hamkorlik böldi. Globallaşuv davrida oziq-ovqat xavfsizligiga nisbatan tahdidlar oşmoqda. Bu esa öz-özidan taşkilot bilan yaqinlikni taqazo etadi. Şuningdek, 2020-2030 yillarda Özbekiston qişloq xöjaligini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş uçun mamlakatimiz va FAO örtasida imzolangan Doiraviy dasturni töla-tökis amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.