«Jahlim çiqqanda sotuvçilarning mahsulot solingan qopi va toğorasini tepib ağdarardim» – sobiq pattaçining nadomatlari
|16:10 / 11.06.202341 84916 min
«Bir neça kun oldin Toşkentdagi bozorlardan birida direktor yordamçisi sotuvçini sökib, uning narsalarini tepib soçayotgani tasvirlangan videoni körib qoldim. Şunda bundan ança yillar avval şu bozorda pattaçilik qilib yurgan paytim esimga tuşdi. Öşa paytlarda mendan ham insof va diyonat qoçgan, sal narsaga sotuvçilarning turli mahsulotlar solingan toğoralarni tepib ağdarar edim».
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Elektron poçtamga yuborilgan navbatdagi maktub sobiq bozor pattaçisidan ekan. Poytaxtdagi yirik bozorlardan birida uzoq yillar pattaçilik qilganini yozgan bu odam öşa paytda juda noinsoflik bilan işlagani va köpçilikning qarğişini olganini yozadi:
«Endi eslasam öşa paytda savob işlarni qilsa böladigan holatda öz nafsimni öylab juda haddimdan oşgan ekanman. Odamlarga yordam beriş örniga ularni qon qaqşatgan ekanman».
Sobiq pattaçi menga maktub yöllaşiga yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir video sabab bölganini yozgan.
«Bir neça kun oldin Toşkentdagi bozorlardan birida direktor yordamçisi sotuvçini sökib, uning narsalarini tepib soçayotgani tasvirlangan videoni körib qoldim. Şunda bundan ança yillar avval şu bozorda pattaçilik qilib yurgan paytim esimga tuşdi. Öşa paytlarda mendan ham insof va diyonat qoçgan, sal narsaga sotuvçilarning turli mahsulotlar solingan toğoralarni tepib ağdarar edim», deydi maktub egasi.
Maktub sohibi keyinçalik közi oçilgani va notöğri yöldaligini tuşunib yetganini, biroq unda keç bölganini yozadi. Maktubni öqirkanman, noinsoflik, öğrilik, birovning haqini özlaştirişning oxiri baribir voy bölişiga yana bir bor amin böldim.
«1980-yillar oxirida maktabni bitirgaç ikki yil armiya xizmatiga borib keldim. Söng ikki-uç yil urinib öqişga kira olmagaç otam Toşkentdagi eng nomdor bozorlardan birida pattaçi bölib işlaydigan qarindoşimiz bilan gaplaşib meni öşa yerga supuruvçi qilib işga joylab qöydi.
Köp ötmay SSSR parçalanib ketdi va biz mustaqil böldik. Şundan söng sovet davridagi qonun-qoidalarning aksariyati bekor böldi.
Bir paytlar odamlarni olibsotarlikda ayblab jazolagan OBXSS (sovet davrida militsiyaning sotsialistik mulkni talon-toroj qiluvçilarga qarşi kuraşuvçi bölimini şunday deb ataşardi) tugatildi.
Odamlar tomorqalarida yetiştirgan turli mahsulotlarni xohlagan joylarida erkin sotadigan böldi. Natijada bozorda sotuvçilar bilan tölib, siğmaganlar rasta örtasiga qölbola peştaxtalar qöyib savdo qila boşladi.
Şu tarzda 3-4 yil işlagaç qarindoşimiz nafaqaga çiqdi va örniga men quruq meva rastasiga pattaçi böldim. Bu paytda mustaqillikning uçinçi yoki törtinçi yili ötib borayotgandi.
Bozorda sotuvçilar köpaygani biz pattaçilarning foydamizga edi. Sababi bozordagi barça joylar raqamlangan, patta puli rejasi asosan şunga qarab belgilanardi. Biz rasta örtasiga qöşimça peştaxta qöyişga ruxsat berardik. Ular hisobga kirmas va patta pulining bir qismi çöntagimizga tuşardi.
Mavzuga oid
Pattaçi bölib işlar ekanman, «tuşum» köpaygan sari negadir insof-diyonatimni yöqotib borardim. Biroq xuddi şunday bölişi kerakday bunga parvo qilmasdim.
Har kuni mamlakatning turli burçaklaridan odamlar sotiş uçun nimadir olib kelar ekan, aksariyati bizdan joy sörardi. Men har doim qölimda ölçov buyumi (metr) bilan yurardim va joy söraganlarga 80 santimetr joy ölçab berib, bitta patta tölaşini tayinlardim.
Kimdir ikkita joy olmoqçi bölsa unga 1 metr 60 santimetr joyni ölçab berardim-da, har kun ikkita joyga patta olardim.
Har bir 80 santimetr joy menga salmoqli pul olib kelar ekan, sotuvçilar özlariga ajratilgan joyni imi-jimida kengaytirib olmasliklari uçun juda e’tiborli bölardim.
Qölimda ölçov buyumi bilan yurar ekanman, joylarni tez-tez ölçab turardim. Mabodo kimdir belgilangan çegaradan sal ötib ketgan bölsa uni ayamasdim. U jörttaga qilganmi yoki e’tiborsiz bölganmi qiziqib ham ötirmasdim. Bisotimdagi bor sökişlarni eşitardi.
Şunday paytlarda atrofda ayollar borligi yoki jamoat joyida sökinib bölmaydi degan tuşunça menga yot edi. Özimni ahmoq qilingan deb öylardim. Viloyatdan kelgan odam menday Toşkentning abjir va puxta yigitini ahmoq qilişga jur’at etyaptimi, buni javobsiz qoldirib bölmaydi deb hisoblardim.
Uzoq joylardan tongda yetib keladiganlar men işga borgunimça bozorning gavjum joyida savdoni boşlab yuborişardi.
Şunday paytlarda «Nega rastaning böş joyiga ötmay narsangni yerga qöyib sotyapsan?» deb ularni urişib, sökib taşlardim.
Umrida meni birinçi marta körib turganlari bu işimdan hayron bölar, inson şunçalik ham oğzi buzuq, sökonğiç bölişi mumkinligidan hayratlanardi.
Keyinroq nafsim hakalak ota boşladi va kunlik tuşum közimga kam körina boşladi. Biroq tuşumni köpaytirişning iloji yöq edi. Şu sababli meni sökonğiçligim, qörsligim oşib borardi.
Har kuni bozor oralab patta yiğardim, tuş paytida peştaxtalar orasidagi yölakni supurib, tozalardim. Öşanday paytlarda agar kimningdir biron işidan norozi bölsam, yomon sözlar bilan «siylardim».
Bundan taşqari, yana bir yomon işga odatlandim. Sotuvçilarning joylarini ölçab yurar ekanman, endi çegaradan ötganlarni sökişdan taşqari toğoralarga solib qöygan narsalarini soçib yuboradigan böldim. Şu işim tufayli ham köp la’natlar olganman. Ayrimlar yuzimga qarab qarğagan bölsa, boşqalar içida sökkan.
Heç esimdan çiqmaydi, kunlarning birida sotuvçilardan biri jiyani uçun joy sörab iltimos qildi. Qarasam 17-18 yoşlardagi yigitça ekan, unga çetroqdagi böş joyni körsatdim. Yigitga joyni ölçab berar ekanman, uni ogohlantirdim:
«Mabodo mayiz solib qöygan toğorang men ölçab bergan joyidan bir santimetr ham ötib ketmasin. Qölimdagi metrni (uzunlik ölçov buyumi nazarda tutilmoqda) kördingmi? Istalgan paytda kelib joyingni ölçab qolişim mumkin. Agar çegarani buzib böş joyga ozgina ötib ketgan bölsang ham ayamayman. Keyin peştaxta oldining tozaligiga ham e’tiborli böl. Agar oyoq ostiga u-bu narsa tuşib yotganini körsam ham yomon qilaman».
Kunlarning birida öşa yigitning mayiz solingan toğoralari joyidan biroz siljiganini körib qoldim. Kayfiyatim buzildi. U şu tariqa joyini biroz kengaytirib olmoqçi bölgan degan gumonga bordim.
«Öv hökiz, nima qilganing bu? Nega joyingni kengaytiryapsan? Hozir ikkita joyga patta berasan desam özingni osasan. Nega toğoralaring oyoq çiqardi?» deb baqirişni boşladim.
Yigit bu muomalamni körib şoşilib qoldi va özini oqlay boşladi:
«Uzr aka, joyimni kengaytirib yana bitta toğora qöşganim yöq-ku! Ertalab toğoralarning ostini tozalagandim, xayol bilan bir-biriga jipslab qöymabman. Hozir töğrilayman», dedi.
Şu paytda uning gap qaytarişi (uning uzrini şunday qabul qildim) meni battar asabiylaştirdi. «Sen hali menga gap qaytaryapsanmi?» dedim-da ikkita toğorani çetidan bir-biriga qaratib kötarib yubordim. Zarb kuçliligidan toğoralar yarim metr kötarilib, töntarilib tuşdi.
Ikkita toğorada bölgan sariq va qora mayiz aralaşib, ularning bir qismi peştaxta ustida qoldi, qolgani yerga tökilib atrofga soçildi. Ikkita toğorada 30 kilodan mayiz bölsa, jami 60 kilo ikki xil mayiz bir-biriga qorişib ketgan edi.
Öşanda mendan bunday işni mutlaqo kutmagan yigitning közidan yoş çiqib ketdi. Qöllari muşt bölib tugildi. Biroq röparasida şkafday odam turardi. Vajohatimni körib qörqqanidan uning tili kalimaga kelmasdi.
Öşa yigit keçgaça savdo qila olmadi va ikki xil mayizni alohida qilib terib ötirdi. Öşa paytda unga rahmim kelganmidi? Yöq, zarraça rahmim kelmagan. Çunki közim kör, quloğim kar, vijdonimni yöqotib bölgandim.
Keyinçalik bu zöravonligimni boşqalarga ham qila boşladim. Jahl bilan ikkita toğorani zarb bilan kötarib yuborar ekanman, uning içida nima borligiga e’tibor bermasdim. Bu işimdan söng yer bilan bitta bölib soçilib ketgan mahsulotlarni sotib böladimi, yöqmi, bu meni qiziqtirmasdi.
Ertalab kelib mahsulotlarini gavjum joylarda oyoq ostiga qöyib sotadiganlarni avvaliga söksam, keyin ularning ham narsalarini tepib ağdaradigan böldim.
Şunday paytlarda sotuvçilarni ogohlantirib ötirmasdim. Qopmi, toğorami tepib ağdarardim, içidagi narsalar soçilib ketardi.
Bunday zöravonligim kunora sodir bölib turar, beçora sotuvçilar qarğardi, sökardi. Biroq ular menga ta’sir qilmasdi.
Bir kun ertalab işga kelsam 2-3 ta qopda yarimdan kamroq qilib solingan ikki xil mayiz, yonğoq va turşak oyoq ostida turibdi. Egasi körinmaydi. Jahlim çiqib zarb bilan qoplarni tepdim. Hamma narsa yerga tökilib, atrofga soçilib ketdi.
Şu payt yerdan tuşdimi, osmondanmi, oldimda yoşi yetmişlarga borgan bir kampir paydo böldi. U hayron bölib bir menga, bir yerga soçilib yotgan yeguliklarga qaradi.
Odamlar darrov yerga soçilib ketgan mahsulotlarni yiğiştirib qoplarga solib berdi. Ikki xil mayiz, turşak va yonğoq bitta bölib aralaşib ketgandi. Mayiz va turşaklar çangga botgani uçun ularni sotib bölmasdi. Qolaversa, avval ularni bir-biridan ajratiş kerak edi.
Kampir meni ötkinçi mast deb öylabdi. Pattaçiligimni bilgaç yomon qarğadi. Öşanda u ança payt rasta orqasiga ötib narsalarini bir-biridan ajratdi va meni uzoq la’natladi.
Sotuvçilarga zöravonligimni körsatar ekanman, heç kim muşugimni pişt demasdi. Çunki bozorda bir neça yildan buyon işlar ekanman, «juda katta oxurlarga yem taşlardim».
Masalan, qayerdandir komissiya kelib qolsa, darrov xuşmuomala bölib olardim. Şunday paytda sotuvçilar yuzimdan tabassum arimay qolganini körib «Nahotki bu la’nati ham jilmayişni bilsa?!» deganday qarab ajablanardi.
Komissiyaning biri vazirlikdan, boşqasi hokimiyatdan kelardi. Ular bozorni nomiga aylanar, xuddi bir işni qoyil qilganday u-bu işlarni qilib qöyinglar deb tayinlab, söng çiqib ketardi.
Komissiya bozordan çiqişi bilan darrov arava olib bozorning eng old quruq, höl mevalaridan qoğoz paketlarga soldirardim. Söng ularning maşinasiga olib borib joylardik.
Komissiya a’zolari uçun olgan quruq mevalarning pullarini bermasdim va ertasi kuni olinadigan patta puli bilan hisoblaşişimni aytib ketaverardim.
Şu taxlitda işlaganim uçun ham heç kim menga inday olmas, aytganim aytgan, deganim degan, quruq meva rastasining qiroli edim.
2000-yillarga kelib bozorni tekşiriş uçun keladiganlar soni köpaydi. Ularning barçasi ham meni oxurimdan «yem yeyişmasdi», işimdan kamçiliklar topa boşlaşdi. Patta puli bilan qiziqa boşlaşdi.
Aksariyat hollarda komissiya keladigan kunni «teparoqdagi» tanişlar oldindan aytib qöyişardi. Öşa kuni sotuvçilarning bir qismidan bir kunga joylarini yopib turişlarini iltimos qilardim. Qahrimdan qörqib yöq deya olişmasdi. Boşqa rastadagilar ham şunday qilişardi.
Komissiyaga yopiq joylarni körsatib egalari bir neça kunga uyiga ketganini aytardim. Işonardimi, yöqmi bilmayman. Biroq keyinçalik qölga tuşib qolganim inobatga olinsa, öşanda işonişmagan.
Inson zoti borki, amal qöliga tegsa ölguniça şunday davom etadi deb öylaydi. Men ham şunaqa deb öylardim. Biroq unday bölmadi.
Kunlarning birida yana «mening oxurimdan yem yemaydiganlar»dan iborat komissiya keldi. Ular asosan patta pulining tuşumi bilan qiziqişdi. Öşa kuni ham joylarning bir qismini yoptirib qöygandim.
Oradan bir neça kun ötib meni şahar IIBga çaqirişdi. Borsam tergovçi kutib oldi va qölimga bir varaq qoğoz berdi. Unda yozilişiça, falon komissiyaning xulosasiga köra, men bozorda patta pullarini oxirigaça topşirmay, ularning bir qismini özlaştirib talon-toroj qilyapman. Şu sababli xulosada menga nisbatan qonuniy çora körilişi söralgandi. Tergovçi menga nisbatan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.
Bunday bölişini kutmaganim uçun birov miyamga bolğa bilan urganday böldi.
«Aka, özi bunday holatlarda gumondorni ehtiyot şart yuzasidan hibsga olişga va tergov tugagunça qamoqda saqlaşga ham haqqim bor. Mayli siz uydan qatnab tergov bersangiz ham böladi. Faqat şahardan heç qayerga çiqib ketmasligingiz haqida tilxat yozib berasiz», dedi tergovçi.
Keyinroq menga nega jinoyat işi qözğatilganini sababini bildim. Ma’lum bölişiça, patta puli tuşumi bilan qiziqqan komissiya bir neça marta yaşirinça kelib bozordagi holatni körib ketgan.
Qaraşsa har gal ular keladigan kun bozordagi joylarning qariyb yarmi böş, ertasi kuni esa bozorga odam siğmay ketyapti. Joy yetmagani uçun odamlar hatto öz mahsulotlarini yerga qöyib sotyapti. Şundan şubhalanişgan. Sotuvçilarning ayrimlaridan böş joylar haqida söraşganda ular pattaçi bir kunga yoptirib qöyişini aytgan.
Şu orada meni işdan böşatişdi. Tergovga qatnay boşladim. Avvaliga heç narsani böynimga olmadim. Biroq joylarini yopib turişlarini iltimos qilgan sotuvçilarning bir qançasini olib kelib yuzlaştirişgaç heç narsa deya olmadim.
Şundan söng qamalib ketmaslik uçun «eski tanişlar», «akaxonlar»ni aralaştira boşladim. Oxir-oqibat davlatga yetkazilgan juda katta zararni qoplasam şartli jazo berilişi mumkinligini aytişdi.
Şundan söng bisotimda nima bölsa barçasini sotdim. Juda katta pul sarflab qurgan yangi hovlini, eski hovlimni, minib yurgan qimmat maşinamni, qora kunimga yarab qolar deb olib qöygan ikkita kvartiramni sotdim va amallab zararni qopladim. Şunda ham sud «akaxonlar»ning şarofati bilan uç yil ozodlikni çeklaş jazosini berdi.
Hamma narsamdan ayrilgaç ijarada yaşay boşladim. Bir paytlar şohona hayot keçirgan odamning yarim vayrona kvartirada yaşaşi juda oğir bölarkan. Azbaroyi siqilganimdan qand kasaliga çalindim. Ozib ketganimdan meni avvalroq körgan odam tanimasdi.
Jazo muddatini ötar ekanman, soğligim unça yaxşi emas, biron iş qilay desam qölimda na hunarim, na diplomim bor edi. Rözğor yuki öqituvçi bölgan xotinim gardanida qoldi. Oşiğim olçi turgan kezlarda uni işlatmay qöygandim. Soğligimni yöqotgaç xotinimdan işga çiqişni özim iltimos qildim.
Oradan bir neça yil ötgaç baribir noiloj qoldim va eski tanişlardan yana bozorga işga qaytarişni iltimos qildim. Pattaçilikka yaqinlaştirmasliklari aniq edi, jilla qursa supuruvçi sifatida işga olişlarini söradim.
Ahvolim tangligini aytar ekanman, rahm qilişdi va bir paytlar özim işlagan bozorga supuruvçi ştatiga işga olişdi. Faqat quruq meva rastasiga emas, boşqasiga.
Işga borar ekanman, bir paytlar özim jabr qilgan odamlarning ba’zilari hali ham bozorda savdo qilardi. Röpara kelganimda ularning köziga qaray olmasdim.
Keyinçalik qilgan işlarim notöğriligini tuşunib yetdim. Biroq ulardan baribir keçirim söray olmadim. Ğururim yöl qöymadi.
Bozorga işga qaytganim bilan bu safar köp işlay olmadim. Soğligimdagi muammolar tufayli ikki yilda böşab ketdim. Dard baribir meni töşakka mixladi. Hozir tavbamga tayanib uyda ajalimni kutib yotibman. Tuzalmas dardga çalinganimga köpçilikning qarğişini olganim sabab bölgan deb bilaman.
Qani endi vaqtni orqaga qaytarişning iloji bölsa-yu, men köpning haqini yemasdan, birovning burnini qonatmasdan halol yaşasam. Afsuski, endi buning iloji yöq».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi