Unabomber (Unabomber — «University and airline bomber» sözlaridan yasalgan qisqartma) laqabi bilan tanilgan amerikalik Ted Kaçinskiy qamoqxonadagi kamerasida jonsiz holda topildi. Bu haqda Amerika naşrlari Şimoliy Karolinadagi qamoqxona şifoxonasi xodimlariga tayanib xabar bergan.
U uzoq vaqt davomida Qöşma Ştatlardagi eng köp qidirilgan jinoyatçi bölgan.
Kaçinskiy 1996 yilda, qariyb 20 yil mobaynida qoçib yurganidan keyin qölga olinib sud qilingan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, şundan buyon qamoqda qolayotgandi.
1998 yildan 2021 yilga qadar u Koloradodagi alohida rejimli qamoqxonada (Supermax) saqlanadi, şundan söng soğligi yomonlaşib Şimoliy Karolinaga ötkaziladi.
Vunderkind
Ted Kaçinskiy köp vaqt davomida amerikaliklar e’tiborini öziga jalb etgan favqulodda şaxs edi. U köplab televizion hujjatli filmlar qahramoni bölgan, uning tarixi Hollivud detektiv kartinalariga asos bölgan.
Bolaligida uni vunderkind deb ataşgan, 16 yoşida Kaçinskiy Harvardga öqişga kirgan, keyinroq Miçigan universitetida matematika fanlari doktori darajasini olgan.
U matematika sohasida şunçalik mubham işlaganki, hamkasblari aytişiça, mamlakatda faqat bir neça ön kişi u nimani örganayotganini tuşungan.
25 yoşida u Kaliforniyadagi nufuzli Berkli universitetida matematik tahlil va geometriyadan dars bera boşlaydi.
Ötgan asrning 70-yillarida uning hayoti keskin özgaradi: Kaçinskiy Montanaga köçib ötadi, elektr va suv bölmagan kulbada tanho yaşab, quyon va boşqa ovlangan jonzotlarni yeb kun körib, şunday şaroitda omon qoliş könikmalarini örganişni boşlaydi.
Köp ötmay u bunday yolğiz ibtidoiy hayot keçirib bölmasligi haqida xulosaga keladi va yovvoyi tabiat yöq bölib borişida sanoat va qurilişlarni ayblaydi.
1978 yildan 1995 yilgaça u poçta orqali universitet va aviakompaniyalarga bomba solingan 16 ta jönatma yuboradi. Posilkalar portlaşi oqibatida 3 kişi halok böldi, yana 23 kişi yaralandi.
«Unabomber manifesti»
Kaçinskiyni qölga oliş uçun 1 million dollar mukofot taklif e’lon qilinadi. Ammo uni uzoq vaqtgaça uşlaşning iloji bölmaydi.


















