Markaziy bank boşqaruvi tomonidan “Tijorat banklari tomonidan köçmas mulkni va boşqa mol-mulkni sotib olişga hamda unga egalik qilişga, şuningdek yuridik şaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) uluşlarini yoki aksiyalarini sotib olişga qöyiladigan talablar töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” qaror qabul qilindi.
Bank faoliyatini amalga oşiriş uçun zaruriyati mavjud bölmagan (foydalanilmaydigan) köçmas mulk va boşqa mol-mulklarga quyidagilar kiradi:
- sotib olingan yer;
- garov hisobidan undirilgan köçmas mulk va boşqa mol-mulklar;
- kredit va lizing böyiça undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar köçmas mulki va boşqa mol-mulklari;
- ijara daromadini oliş va kapital ösişi uçun yoki har ikki maqsad uçun möljallangan köçmas mulklar;
- bank faoliyatini amalga oşiriş uçun sotib olingan, biroq bank faoliyatida va (yoki) mulkka qilingan investitsiya sifatida 3 yildan ortiq muddatda foydalanilmayotgan köçmas mulk va boşqa mol-mulklar.
Banklar bank faoliyatini amalga oşiriş uçun zaruriyati mavjud bölmagan (foydalanilmaydigan) mulkni 3 yil içida sotiş çoralarini körişi yoki ulardan foydalaniş töğrisida qaror qabul qilişi zarur.
Banklar mulkni, şuningdek sotib olingan yuridik şaxslarning ustav kapitalidagi uluşlarini yoki aksiyalarining hisobini yuritişi va bu töğrisidagi hisobotlarni har oyda Markaziy bankka taqdim etib borişi lozim.
















