Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Xavfsizlik kengaşining navbatdagi yiğilişida Qurolli kuçlarning holati va armiyani rivojlantiriş yönalişini kun tartibidagi eng muhim masala deb atadi.

Şu sababli Qirğiziston rahbari Harbiy doktrina loyihasini körib çiqişni taklif qildi.

«Birinçi körsatmalarimdan biri Qirğiziston Respublikasining yangi Harbiy doktrinasi loyihasini milliy xavfsizlik konsepsiyasining ajralmas qismi sifatida işlab çiqiş edi. Mamlakatimiz tört davlat bilan çegaradoş... Qirğiziston çegarasida va Markaziy Osiyoning çekka hududlarida mamlakatimizga bevosita va bilvosita ta’sir körsatadigan turli jarayonlar sodir bölmoqda», dedi siyosatçi.

Uning sözlariga köra, rasmiylar mamlakat mudofaa qobiliyatini oşiriş uçun katta sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda.

«Biz 30 yil içida birinçi marta çegaralarimiz va fuqarolarimizni himoya qiliş uçun zarur bölgan zamonaviy qurollarni sotib oldik. Bular nafaqat «Bayroqtor dronlari», balki Markaziy Osiyoda öxşaşi bölmagan yangi turdagi qurollar ham. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ehtiyojlari uçun ikkita yangi Airbus vertolyotini xarid qildik. Mudofaa vazirligining budjet mablağlari hisobidan 5 ta vertolyot kapital ta’mirlandi, bundan taşqari, yangi Mi-17 B5 vertolyoti xarid qilindi va Mi-17 vertolyotlarini xarid qiliş rejalaştirilgan», dedi prezident.

Japarovning qayd etişiça, Qirğiziston mudofaa qobiliyatini oşiriş doirasida yangilangan «Peçora» mobil zenit-raketa majmuasi ham xarid qilingan, bu esa ehtimoliy havo hujumlaridan himoya qilişga yordam beradi. Qirğiziston şuningdek Rossiya bilan qöşma mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratdi, dedi u.

«Şu bilan birga, Qirğiziston Respublikasi tinçliksevar mamlakat ekanini alohida ta’kidlamoqçiman. Biz boşqa davlatga hujum qilmoqçi emasmiz va bunday rejalarimiz yöq», dedi u.

Japarovning fikriça, har qanday mojaroning oldini oliş yoki uni faqat diplomatiya yöli bilan hal qiliş mumkin.

«Biz içki va taşqi siyosatda ana şu tamoyilga amal qilamiz. Ayni paytda bizga qarşi qurolli tajovuz sodir etilganda, fuqarolarimiz öldirilganda, uy-joylarimiz va boşqa infratuzilmalarimiz vayron bölgan va yoqib yuborilganda biz şunçaki qarab turmaymiz. Biz har qanday tajovuzkorga javob berişga tayyormiz», dedi u.

Japarov Qirğiziston Respublikasining Xavfsizlik kengaşi kotibiyati bilan hamkorlikda yangi harbiy doktrina işlab çiqilişini şaxsan özi nazorat qilganini ta’kidladi.