12 iyun kuni Farğona viloyati, Qöqon şahri, Baynalmilal köçasida joylaşgan «Buyuk ipak yöli» savdo majmuasi hududidagi dökon rastalarida yonğin çiqqan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

«10 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borib, yonğin öçirilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan. Yonğin oqibatida fuqarolarning kuyiş tan-jarohati oliş va halok böliş holatlari töğrisida xabar kelib tuşmadi. Qöşimça ma’lumot taqdim etiladi», deyiladi dastlabki xabarda. 

FVV soat 20:37 da bu haqda qöşimça ma’lumot berdi. 

«Yonğin qurşab olindi, ayni vaqtda yonğinni batamom öçiriş işlari amalga oşirilmoqda», deyiladi xabarda.