12 iyun Farğona viloyati Qöqon şahrida joylaşgan savdo majmuasida kelib çiqqan yonğin natijasida yuzlab dökondorlarning kiyim-keçaklari yonib kulga aylangan. Ayrim tadbirkorlar olov içidan öz mahsulotlarini olib çiqişga ulgurgan. Aksariyat savdogarlarning harakati besamar ketgan. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib FVB rasmiysi va bozorda savdo qilib kelgan tadbirkorlar bilan suhbatlaşdi.

Farğona viloyati FVB axborot xizmati rahbari Ahliddin Alijonovning ma’lum qilişiça, yonğinni öçiriş uçun Namangan viloyatidan ham yonğin-qutqaruv bölinmalari yordamga kelgan.

“Kiyim-keçak dökonlarida yonğin sodir bölgani haqida FVBga 12 iyun kuni soat 19:17 da xabar kelib tuşgan. Yonğin-qutqaruv bölinmalari voqea joyiga soat 19:25 da yetib kelişgan. Olib borilgan tezkor çora-tadbirlarga qaramasdan majmuaning taxminan 5000 kv.mda yonğin sodir böldi.


Viloyatdagi 20 ta yonğin-qutqaruv avtomobillari yonğinni öçirişga jalb etildi. Bundan taşqari Namangan viloyati FVBdan ham 5 ta qutqaruv ekipajlari yordamga kelgan. Soat 23:30 da yonğin butunlay öçirildi. Ayni paytda yonğin sodir bölgan hudud qayta nazorat qilinyapti. Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi örganilyapti”, – deydi u.
Tadbirkor Humoyun Farhodov dökonidagi barça mollari butkul yonib bitgani haqida sözlab berdi.

“Soat 17:00-18:00 larda bozor yonişni boşlagan ekan. Bu paytda uyda edik. Mudhiş hodisa haqida eşitib, zudlik bilan bozorga yetib keldik. Bozor içkarisiga kirib, olov dökonimiz yaqinigaça yetib kelganiga guvoh böldik.



























