Toşkent va Urumçi örtasidagi muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklaş 2023 yil iyun oyi oxiriga rejalaştirilgan! 

2020 yilda barça havo aloqalari töxtatilgandan keyin, butun aviatsiya bozori misli körilmagan vaziyatlarga duç keldi. Sönggi yillarda Uzbekistan Airways muntazam parvozlarni, şu jumladan Xitoy şaharlari bilan aloqalarni tiklaş böyiça köplab işlarni olib bordi. 2023 yilning yanvar oyida Toşkent – Pekin – Toşkent yönalişi böyiça haftasiga ikki marta amalga oşiriladigan muntazam parvozlar tiklandi. Iyun oyi oxirida esa Toşkentdan Urumçiga va ortga muntazam reyslarni tiklaş rejalaştirilgan. 

30 iyundan boşlab Uzbekistan Airways Toşkent – Urumçi – Toşkent yönalişi böyiça muntazam aviataşuvlarni tiklamoqda. Muntazam parvozlar haftada ikki marta, ya’ni juma/şanba kunlari (ortga qaytuvçi reys keyingi kunga ötadi) amalga oşiriladi, aviaçiptalarning narxi esa quyidagiça: 

• Toşkent-Urumçi: 2 738 000 sömdan

• Toşkent-Urumçi-Toşkent: 4 867 000 sömdan boşlanadi. 

Toşkent – Urumçi – Toşkent yönalişi böyiça aviaçiptalarni aviakompaniyaning rasmiy veb-saytidan www.uzairways.com, UzAirways ilovasi orqali, şuningdek Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan sotib oliş mumkin.

Reklama