Bu yozda allaqaçon bir qança jiddiy transferlar röy berib ulgurdi. Xususan, Lionel Messi AQŞga, Karim Benzema — Saudiya Arabistoniga ketdi, Jud Bellingem «Real» futbolçisiga aylandi. Endi esa barça Kilian Mbappening navbatdagi harakati va uning kelajagini muhokama qilmoqda.
Şartnomadagi hiyla
Bir neça kun oldin ham Kilian Mbappe bilan boğliq vaziyat oddiy va tuşunarli bölib körinayotgandi. Yana bir marta liga 1ning eng yaxşi futbolçisiga atalgan sovrinni qölga kiritgan fransuz «PSJ»ga sodiqligini aytgan va Parijda baxtiyorligiga işontirgan edi. «Real» prezidenti Florentino Peresning madridliklar albatta Mbappe bilan şartnoma imzolaşi, ammo bu iş keyinroq sodir bölişi haqidagi sözlari esa muxlislarni xotirjam qilişga qaratilgan sözlar sifatida qabul qilingandi.
Birdaniga voqealar rivoji tezlaşib ketdi va endi Kilian Parij superklubidan ketişi muqarrardek körinmoqda. Töğri, bir yil muqaddam vaziyat bundan ham yaqqol bölib köringan va Ispaniya poytaxtidagilar futbolçi erkin agent sifatida kelişini kutişgandi. Ammo Mbappe qayta öylab körgan va «PSJ» bilan şartnomasini yangilagan, bu qarori uçun uni komfort zonadan çiqişni istamaslik va öz ixtiyori bilan oltin qafasni tanlaşda ayblaşgandi.
Öşanda «Real» rahbariyati va muxlislari undan ranjişgandi. Kimdir Mbappening tanlovida katta rol öynagan yaqinlari unga endi bolalikdagi orzusini unutişi kerakligini aytgani haqida xabar bergandi. Ammo Peres donişmandlik qilib, bu masalada vazminlik körsatdi. U Mbappening uzrini qabul qildi va bir neça bor oçiqçasiga «Qirollik klubi» eşiklari fransuz uçun yopilmaganini aytdi.
Ammo futbolçining quruq sözlari yetarli bölmagan, qaymoqranglilar jamoasiga yaqin bölgan insayderlarning aytişiça, «Real» Kiliandan real harakatlar xohlagan. Va bu harakat Mbappening «PSJ» bilan şartnomasi muddati yakunlanadigan keyingi yil yozida emas, aynan hozir, Benzema ketganidan keyin amalga oşirilişini istaşgan (aniqroği, keyingi yilda «2+1» formulasida tuzilgan şartnomaning asosiy qismi yakunlanadi). Bu yerda hiyla aynan qöşimça bir yil haqidagi bandda yotadi. Uning faollaştirilişi uçun futbolçining roziligi kerak böladi, agar bunday bölmasa, şartnomaning bu bandi 2023 yil 1 avgustdan avtomatik ravişda bekor böladi.
Nizo uyğotgan maktub
Yuridik nuqtayi nazardan Mbappe heç qanday harakat qilmasa ham, 1 avgustdan qöşimça band öz özidan bekor bölardi, ammo u klub ofisiga şartnomasini 2025 yilgaça uzaytirmasligi haqida xat yöllab, vaziyatni keskinlaştirdi. Parijliklar bu ataylab qilinganiga amin. Kamida şuning uçunki, xat klubga kelişidan oldinroq uning nusxasi matbuotga çiqib ketgan. Bundan taşqari, «Real»ga juda yaqin hisoblangan jurnalist Xosep Pedrerol Peres bu xat haqida oldindan xabardor bölganiga şubha qilmayapti.


















