Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan köçma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini körsatişda litsenziya olganlik uçun tölanadigan davlat boji BHMning 25 000 baravari etib belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Quyidagi xizmatlar uçun litsenziya olişda tölanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi:
- teleradioeşittirişlarni tarqatiş (namoyiş qiliş) tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularning xizmatlarini körsatiş – BHMning 170 baravari (56 mln 100 ming söm). Ilgari BHMning 340 baravari edi;
- teleradioeşittirişlarni tarqatiş (namoyiş qiliş) tarmoqlarini loyihalaştiriş – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming söm). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
- teleradioeşittirişlarni tarqatiş (namoyiş qiliş) tarmoqlarini quriş – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming söm). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
- teleradioeşittirişlarni tarqatiş (namoyiş qiliş) tarmoqlaridan foydalaniş – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming söm). Ilgari BHMning 150 baravari edi;
- teleradioeşittirişlarni tarqatiş (namoyiş qiliş) tarmoqlari xizmatlarini körsatiş – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming söm). Ilgari BHMning 150 baravari edi.
















