Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumanida yaşovçi şaxs tanişlari orqali Toyloq tumanida istiqomat qiluvçi ikki fuqaroni “Özbekiston – Ispaniya – Meksika – AQŞ” yönalişida Qöşma Ştatlarga yuboriş evaziga 44 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 40 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
DXX Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent şahrining Olmazor tumanida yaşovçi şaxs Ğallaorol tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning işonçiga kirib, yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali uni Kanada davlatiga işga yuboriş va viza hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 7,5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Boşqa holatda esa Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi MÇJ rahbari mansabdor tanişlari orqali 3 nafar fuqaroni Polşa davlatiga işlaş uçun yuboriş evaziga 5100 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlandi.
DXX Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Boysun tumanida yaşovçi şaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni tegişli viza hujjatlarini rasmiylaştirib, Kanada davlatiga işga yuboriş evaziga 138 mln söm olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















