Markaziy saylov komissiyasining (MSK) muddatidan ilgari Özbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va ötkaziş böyiça navbatdagi majlisi bölib ötdi.
MSK ma’lumotiga köra, nogironligi bölgan şaxslarning saylov huquqlarini ta’minlaş maqsadida Özbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini töldiriş uçun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi, şuningdek, uşbu trafaretlar bilan har bir saylov uçastkasini ta’minlaş hamda nogironligi bölgan şaxslarning saylov huquqlarini ta’minlaşga oid boşqa çoralari belgilandi.
Kun tartibiga muvofiq, MSKga joriy yil 6-13 iyun kunlari jismoniy va yuridik şaxslardan kelib tuşgan murojaatlar körib çiqildi va ular yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.
Majlisda, şuningdek, xalqaro kuzatuvçilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan ötkaziş masalalari ham körib çiqildi. Taşqi işlar vazirligining taqdimnomasiga binoan YeXHT DIIHBning saylovni kuzatuvçi missiyasi vakili akkreditatsiyadan ötkazildi.

















