Prezidentning tegishli qarorlari bilan qator hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Ular:
- Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 400 MVt bo‘lgan;
- Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan;
- Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan.
- Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.
- Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:
- investitsiya bitimlari tasdiqlanadi;
- elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar ma’qullanadi.
Tegishli loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtiriladi.















