Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning China Energy kompaniyasi boşqaruvi raisi Song Xayliang bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, unda qöşma loyihalarni amalga oşirişning bugungi holati va özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuv davomida Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1000 MVtga teng bölgan fotoelektr stansiyalari va Samarqand viloyatida quvvati 3 million tonna bölgan sement zavodini quriş loyihalarining amalga oşirilişi atrofliça körib çiqildi.

Tomonlar uşbu obektlarni imkon qadar tezroq işga tuşiriş muhimligini ta’kidlab, joriy yilda 400 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyalari va sement zavodini, qolgan 600 MVt quvvatlarni keyingi yil oxirigaça işga tuşiriş uçun barça imkoniyatlarni işga solişga kelişib oldilar.

Xitoy tomoni hududlarda energiya tizimlarini yanada modernizatsiya qiliş va «yaşil» energiya işlab çiqariş sohasida mutaxassislarni tayyorlaş böyiça rejalari bilan örtoqlaşdi. Kompaniyaning infratuzilmani rivojlantiriş sohasida innovatsion işlanmalarni qöllaş doirasida maslahat va texnik yordam körsatişga tayyorligi ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida kelişuvlarni amalga oşirişning aniq mexanizmlari, ijroçilari va muddatlari aks etgan qöşma işçi guruh tuziş va loyihalarni amalga oşiriş dasturini işlab çiqiş masalasi kelişib olindi.