Xalqaro hamjamiyat Suriya va suriyalik qoçqinlarni qabul qiluvçi davlatlar uçun 5,6 milliard yevro ajratadi. Bu haqdagi qaror 15 iyun, payşanba kuni Bryusselda bölib ötgan YeI va BMTning Suriya böyiça 7-konferensiyasi yakunlari böyiça qabul qilindi.

Yangi tranşlarning katta qismi – 4,6 milliard yevro 2023 yilda keladi, yana bir milliard keyinroq ajratiladi.

Bu mablağlar Suriya va suriyalik qoçqinlarni qabul qiluvçi qöşni mamlakatlardagi odamlarni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi, deyiladi konferensiya yakunlari böyiça Yevropa komissiyasi saytida çop etilgan matbuot bayonotida. Yevroittifoq budjetidan 3,8 milliard yevro miqdoridagi grantlar ajratiladi: 2,1 milliard yevro Yevrokomissiya va 1,7 milliard yevro YeIga a’zo davlatlar tomonidan alohida taqdim etiladi.

Germaniya milliard yevrodan köproq mablağ ajratadi – pul boşqa narsalar qatori Turkiya janubida va Suriyada 2023 yil fevralida sodir bölgan zilzila oqibatlarini bartaraf etişga yönaltiriladi. Viloyatdagi muhim muammolardan biri suv ta’minoti infratuzilmasining buzilişi bölib, buning oqibatida mahalliy aholi içimlik suvi tanqisligiga duç kelmoqda.

Konferensiya davomida xalqaro moliya institutlari va donorlar Suriyadagi fuqarolik jamiyatini qöllab-quvvatlaş uçun 4 milliard yevro miqdorida kreditlar ajratilişini e’lon qildi. Bu mintaqa uçun umumiy ajratmani 9,6 milliard yevroga yetkazadi. Şu bilan birga, BMT Suriyaga oziq-ovqat yordami qisqartirilganini e’lon qildi.

2011 yildan beri Yevropa Ittifoqi va uning davlatlari Suriyani qöllab-quvvatlaş uçun alohida 30 milliard yevrodan ortiq mablağ ajratdi.