“Özgidromet” xabariga köra, Özbekiston hududida birinçi ön yillikning örtaça harorati köp yillik qiymatlardan +2...+4 darajaga yuqori bölgan.

Havo haroratining eng yuqori qiymatlari ön kunlikning örtalarida kuzatildi. Şu kunlarda kunduzi havo +38...+40 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida ba’zi joylarda +42 darajagaça isidi.

Birinçi ön kunlikning oxiriga kelib, nisbatan salqin havo oqimi respublika hududi böyiça harorat fonini biroz pasaytirdi. Haroratning eng sezilarli pasayişi Özbekiston şimoli-ğarbiy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +7...+10 darajaga pasaydi. Respublika qolgan hududlarida haroratning pasayişi unça ifodalanmadi, ammo baribir haroratning +4...+6 darajaga pasayişi sezildi.

“Ammo, şunga qaramay, harorat foni hali xam me’yordan yuqori bölib qolmoqda”, deyiladi “Özgidromet” ma’lumotida.

Şu haftaning boşidan harorat yana kötarila boşladi. Hafta oxiriga borib, harorat yana +37...+40 darajagaça, janubda va çöl hududida +41...+42 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.

Iyun oyida bunday harorat qiymatlari istisno emas. Ammo, yozning boşida havo harorati me’yordan sezilarli darajada bunday uzoq davr kötarilişi Özbekistonda har yili kuzatilmaydi.

Sönggi marta bunday issiq ob-havo 2021 yil iyun oyining birinçi va ikkinçi ön yilliklarida kuzatilgan. 2021 yil iyun oyi barça kuzatuv yillari uçun eng issiq böldi. Iyun oyida maksimal harorat +42...+44 darajaga, respublika şimolida, janubida va çöl hududlarida +45...+46 darajaga yetdi.

Şu tariqa, harorat qiymatlariga köra, uşbu yilning iyun oyi 2021 yilning eng issiq iyuniga “yeta olmadi”, deyiladi ma’lumotda.