Olimlarning fikriça, yaqin beş yil içida dunyo mamlakatlari sanoatlaşiş davridagidan 1,5 gradusga ortiqroq bölgan yangi harorat rekordlariga duçor böladi. 

2015 yilda Parij şahrida imzolangan iqlim böyiça bitimiga köra, jahon mamlakatlari sanoatlaşiş davriga nisbatan global haroratni 1,5°Cdan oşirmaslikka kelişib olgan. Olimlarga köra, bu çegaradan ötiş falokatli va qaytarib bölmas oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bahorda iqlim özgarişi sabab Yer sayyorasining isib borayotgani öta jiddiy xatar ekani haqida iqlim hisobotini e’lon qildi.

Vaqt kam qolgan

Hisobotda aytilişiça, garçi global harorat 1,5 darajadan köproq isib ketmasligiga erişişning hali ham imkoni bölsa-da, bu ilinj uzoqqa borişi dargumon. Sababi Yer sayyorasining isişiga asosiy sababçi bölgan çiqindi gazlar ajralib çiqişi şiddat bilan ösib boryapti. Ötgan yili atmosferaga kötarilgan çiqindi gazlar körsatkiçi qariyb 1 foizga köproq bölgan.

Atmosferadagi uglerod gazlar miqdori sönggi 2 million yildagi eng yuqori körsatkiçga yetib bölgan, havo esa oxirgi yarim asrda 2 ming yil davomidagi eng yuqori isiş nuqtasiga yetdi.

Iqlim inqirozi kambağal va zaif davlatlarga köproq yuk bölyapti. Eng yomoni, ular iqlim muammosi şakllanişiga hissa qöşişmasa ham jabr tortişyapti.

"Bizning sayyoramiz allaqaçon jiddiy iqlim muammolariga duç kelyapti. Jazirama issiq, falokatli böronlardan tortib qurğoqçilik va suv tanqisligigaça real vaziyatga aylandi", deydi Dunyo resurslari instituti rahbari Ani Dasgupta.

Javobsiz qolayotgan ogohlantirişlar

Lekin şunça muammolarga qaramay insonlar iqlim muammosini özlari kattalaştirişda davom etyapti.

Iqlim özgarişiga sabab bölayotgan eng katta tahdid yoqilğilarni işlatişda davom etilyapti. Yoqilğilardan dunyoning 80 foiz aholisi foydalanadi. Va eng yomoni, yoqilği sayyoramiz isib ketişiga 75 foiz miqdorda ta’sir qiluvçi omil hisoblanadi