Xususan, mamlakatimizga çet el banklarini olib kiriş, yangi xususiy banklarni oçişni rağbatlantiriş hamda depozitlarni kengaytiriş hisobiga kreditlar uçun resurs bazasi keskin oşirilişi ta’kidlandi.
“Namanganlik tadbirkorlar xususiy bank oçiş taşabbusi bilan çiqsa, biz albatta ularni qöllab-quvvatlaymiz. Tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning muqobil tizimlari joriy qilinadi. Jumladan, Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yöl oçib beriladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Aholini öqitib, ularni iş bilan ta’minlagan tadbirkorlarga ham qöşimça imtiyozlar beriladi. Bunday tadbirkorlarni rağbatlantiriş uçun 2030 yilga qadar yana 6 milliard dollar mablağ ajratiladi. Bu dastur doirasida, qiymati 50 milliard sömdan yuqori loyiha taşabbuskorlariga infratuzilma xarajatlari töliq qoplab beriladi (hozir – 200 milliard söm).
Şuningdek, uşbu tadbirkorlar:
- kamida 20 foiz kambağal oila a’zosini bir yil davomida iş bilan ta’minlaganda mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;
- “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolarni işga qabul qilsa, ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi;
- barça soliqlarni bir yilgaça keçiktirib tölaşlari mumkin böladi;
- faoliyatiga doir soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi.
“Bundan buyon ham tadbirkorlar öz faoliyatini dadil kengaytirişi uçun biznesga noqonuniy aralaşuvlarga töliq barham beriş va soliq tizimini yanada soddalaştiriş islohotlarimizning asosiy tamoyili bölib qoladi”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Biznesga noqonuniy aralaşgan, tadbirkorning mulkiga daxl qilgan şaxsga jazo muqarrar böladi, rahbari esa işdan ketadi.
Nomzodga köra:
- qöşilgan qiymat soliğini qaytariş şartlari 15 tadan 5 taga qisqartiriladi;
- 107 ta davlat xizmati böyiça tölovlar miqdori 2 baravar qisqartiriladi;
- 10 million sömdan yuqori soliq sanksiyalari faqat sud tartibida amalga oşiriladi.

















