Keça, 15 iyun kuni soat 20:37 da A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovoni qismidan ötgan 224,8-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Vodiy–Toşkent yönalişida harakatlangan, moy mahsuloti ortilgan sisternali MAN rusumli yuk avtomobilining tormoz tizimi işlamay qolganligi sababli, yöl çetidagi avariya yölagiga çiqib, orqaga harakatlanib ketişi oqibatida yöl çetidagi xandaqqa tuşib ketgan.
Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvçilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlari amalga oşirdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.

















