Toşkent viloyati IIBBning mintaqaviy bölinmalaridan birining rahbari qamoqqa olingani, tintuv çoğida uning xizmat xonasidagi seyfidan 20 ming AQŞ dollari çiqqani, u Böstonliq tumanida profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uyini soxta hujjatlar orqali sotib yuborişda gumonlanayotgani haqida xabar bergan edik.
Xabarda, şuningdek, Olmaliq şahar IIB boşliğining birinçi örinbosariga biriktirilgan haydovçi fuqarodan 300 AQŞ dollarini olgan vaqtda uşlangani, tergov davomida bu oldi-berdiga yana kimlar aralaşganiga oydinlik kiritilişi kutilayotgani haqida söz boradi.
Bu xabarimiz Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganovni jiğibiyron qilgan körinadi. U mazkur xabarni “tekşirilmagan, haqiqatga töğri kelmaydigan va asosiy qismi yolğon axborot” deb baholadi.

Töğri, xabarning dastlabki variantida manbamiz bergan ma’lumotlar çalkaştirib yuborilgani tufayli ikkita mintaqaviy hudud rahbari qamoqqa olingani aytilgandi va bu anglaşilmovçilik qisqa fursat içida bartaraf etildi. Ammo bu xabarning boşdan oyoq yolğon yoki mişmişlardan iboratligini anglatmaydi.
Agar xabar haqiqatga töğri kelmasa, ya’ni Toşkent viloyati IIBB birinçi mintaqaviy hududi rahbari qamoqqa olingani feyk ma’lumot bölsa, nima uçun ehtirosga töla bayonotda bu haqda lom-mim deyilmagan?
Vaholanki, xabarda bu mansabdor aynan qaysi qilmişlari uçun tezkor tadbir davomida hibs qilingani, dastlabki tergov davomida uning boşqa jinoiy qilmişlari ham aniqlangani bayon qilingandi, xöş, bu ham yolğon bölsa, töğri ma’lumot qayerda? Uning xizmat xonasidan topilgan 20 ming dollar-çi, bu ham uydirmami?
Aslida, biror taşkilot yoki matbuot kotibi tomonidan beriladigan rasmiy munosabat, bayonot yoki raddiyada OAVda e’lon qilingan xabarda kötarilgan masalalar böyiça bandma-band munosabat bildirilişi, örni kelganda zaruriy hujjatlar yoki video-foto dalillar taqdim etilişi lozim. Biroq aftidan Bobur Tölaganov kasbining asosi hisoblangan bu qoidalardan bexabar körinadi. Yöqsa, tahririyatni yolğon axborot tarqatganlikda ayblaş, buning uçun uni javobgarlikka tortişni talab qilişdan avval asoslantirilgan raddiya bergan bölardi.
Toşkent viloyati IIBB boşliğining matbuot kotibi öz bayonotida tahririyatni ular bilan boğlanib, xabarda keltirilgan ma’lumotlarni faktçeking qilmaganlikda ayblagan. Biroq birinçidan, ma’lumot işonçli ekani bir-biridan mustaqil ikki manba tomonidan tasdiqlangan. Qolaversa, tajriba şuni körsatadiki, matbuot kotiblari özi xizmat qilayotgan tizimdagi korrupsion holatlar, yopdi-yopdi qilinayotgan jinoyatlarni iloji boriça ovoza qilmasliklari, başarti jurnalistlar bu haqda rasmiy ma’lumot söraşganda heç qanday munosabat bildirmasliklari odat tusiga kirgan. Vaholanki, ularga taşkilot rahbarining örinbosariga teng maqom, maoş, vakolat va imtiyozlar tizimdagi oçiqlik va oşkoralikni ta’minlaş uçun berilyapti. Biroq buning evaziga ular nima qilyapti? Yopiqlik qozon yopiqlik qolişi uçun jon-jahdi bilan kuraşişmoqda.












