Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi 39 yoşli ayolni öz hovlisida 4 erkak kaltaklab, zörlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Boş prokuratura munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 28 dekabr kuni Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi 39 yoşli ayol zörlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118- (Nomusga tegiş) va 119-modda (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş)lari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

“Jinoyat işi doirasida 4 nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllangan. Böstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi prokuratura axborotida.

Toşkent viloyati IIBBga köra, 4 nafar gumondor – 25-27 yoşda. Holat yuzasidan 10 ga yaqin sud tibbiy va boşqa turdagi ekspertizalar tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

Prokuratura va içki işlar bergan rasmiy xabarlarda gumondorlar qaçon uşlanganiga aniqlik kiritilmagan.

Jabrlanuvçining bloger Aqida Hanumga aytişiça, mahalladagi qöşnilari bölgan 4 nafar erkak tungi soat 3larda jabrlanuvçining uyiga bostirib kirgan. Ayolni kaltaklab, farzandlari köz oldida zörlagan.

Jabrlanuvçi öz hovlisida yaşaşi, uyining darvozasi borligi, şunga qaramay uyiga bostirib kirişganini ta’kidladi. Ayol bolalari bilan yolğiz yaşaydi. Turmuş örtoği Rossiyaga işlaşga ketgan bölgan. Qaynota qaynonasi ötib ketişgan. Ayolning turmuş örtoği voqeadan xabar topgaç, Özbekistonga qaytgan.

Ayolning sözlariga köra, iş tergovga oşgandan keyin zörlaşda ayblanayotgan 4 erkakdan birining ota-onasi kelib jazoni yengillatişini iltimos qilişgan.

Holatga Oila va xotin qizlar qömitasi ham munosabat bildirdi. Unga köra, jabrlanuvçi 28 dekabrning özida tuman tibbiyot şifoxonasiga yotqizilgan, tibbiy körikdan ötkazilgan, holat böyiça “Çinboyliq” MFY xotin-qizlar faoli, tuman xotin-qizlar masalalari mutasaddilari tomonidan psixologik yordam körsatilgan.