2023 yil 15 iyun kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati Çexiyaning LET Aircraft Industries konserni bilan hamkorlik şartnomasini imzoladi. 

Şartnoma doirasida LET L-410 turbovintli samolyotlar sotib olinadi. Ulardan kiçik guruh yölovçilarini taşiş, içki yönalişlarda reyslar sonini köpaytiriş, şuningdek, içki turizmni rivojlantiriş maqsadida foydalaniladi. 

Uşbu havo kemalarini qisqa uçiş-qöniş yölaklarida qöllaş va Zarafşon, Şahrisabz, Andijon kabi yönalişlar tarmoğini kengaytiriş rejalaştirilgan. 

LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uçun möljallangan, yengil, köp maqsadli ikki dvigatelli samolyot bölib, 1966-1967 yillarda Çexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Çexiyaning Aircraft Industries zavodi) tomonidan işlab çiqilgan. 

Samolyot tayyorlanmagan asfaltlanmagan, ötloqli yölaklarda, qorli hududlarda, şuningdek, qisqa uçiş-qöniş yölaklari bölgan aerodromlardan uçiş uçun möljallangan. 19 yölovçi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga taşişga qodir.