– Janob, Volf, intervyuga rozi bölganingiz uçun rahmat. Biz Özbekiston bank sektoridagi katta voqeaga guvoh böldik. Sizga şu borada ayrim savollarimiz bor. Nima uçun OTP bank Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan Özbekistondagi banklardan birini sotib olişga qaror qildi?

– OTP bank har doim katta yalpi potensialga ega va siyosiy barqarorlik bor mamlakatlardan yetarliça kuçli banklarni izlab, ularga investitsiya kiritadi. Özbekistonda biz barça talablarimizga javob beradigan “Ipotekabank”ni topdik.

– OTP bank “Ipotekabank”ni qançaga sotib oldi. Ayrim manbalarda bitim narxi 324 mln dollarga tengligi aytilgandi, bu haqiqatmi?

– Bu bankning 100 foiz uluşining narxi. Ammo biz birinçi bosqiçda bankning 74 foiz uluşini sotib oldik. 324 mln dollar haqidagi gaplar bankning umumiy narxiga oid, 74 foiz uluşi narxi 240 mln dollarga teng.

– OTP bank özining qanday jihatlari va tajribalarini “Ipotekabank”ka tatbiq etmoqçi?

– Biz bankning barça afzalliklarini saqlab qolmoqçimiz. Ipotekani moliyalaştirişni davom ettiramiz, şu bilan birga yangi xizmatlarni joriy etiş va jarayonlarni yaxşilaşni xohlaymiz. Mijozlar bilan işlaş tajribasini yaxşilaymiz, çakana va korporativ mijozlar, şuningdek, yangi loyihalarni moliyalaştirişda faolroq bölamiz.

– Kelajakda aynan qanday yangi xizmatlarni körişimiz mumkin?

– Öylaymanki, iste’molni moliyalaştiriş, yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy resurslar ajratiş masalalarida qaror qabul qiliş jarayonini ança tezlaştiramiz. Bundan taşqari, biz örta va yirik kompaniyalar uçun pul mablağlarini boşqariş xizmatlari deb ataladigan tölov xizmatlarini, şuningdek, aytib ötganimdek, yangi loyihalar va yirik kompaniyalarni moliyalaştirişni joriy qilmoqçimiz.

– OTP bankning moliyalaş bilan boğliq imkoniyatlari Özbekistondagi boşqa banklar investorlariga qaraganda kattaligi hisobiga, bank nisbatan arzonroq xizmatlar taklif qilişini kutiş mumkinmi?

– Men bozor narxidan past narxda xizmatlar taklif qilamiz deb öylamayman. Lekin, albatta, biz narx oraliğining pastki qismida bölişni xohlaymiz. Qayta moliyalaş va depozitlar OTP Bank uçun ham [boşqalar bilan] bir xil narxga ega böladi. Şuning uçun biz nisbatan arzonroq banklar qatorida bölişga harakat qilamiz, lekin men köpçilik raqobatçilarimizga qaraganda ança arzon bölişiga va’da bera olmayman.