NATO Rossiyaning Belarusda yadro arsenalini joylaştiriş rejalari haqidagi bayonotini jiddiy qabul qiladi, dedi NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 16 iyun, juma kuni Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida. "Biz ma’lum tayyorgarliklarni kördik", dedi u razvedka ma’lumotlari haqida batafsil gapirişdan boş tortdi.
Şimoliy Atlantika alyansi Rossiyaning harakatlarini diqqat bilan kuzatib boradi, dedi u. “Biz huşyor bölamiz va kerakli çoralarni köramiz”, - dedi Stoltenberg va bu mavzu 16 iyun kuni NATO yadroviy rejalaştiriş guruhi yiğilişida muhokama qilinganini qöşimça qildi. Şu bilan birga, NATO boş kotibining ta’kidlaşiça, NATO hozirgaça Rossiyaning yadroviy pozitsiyasida heç qanday özgarişlar kuzatmagan.
“Bu biz bir qança vaqtdan beri kuzatayotgan yadroviy ritorikaning bir qismi, - deb eslatdi u. - Biz bir neça yillardan beri Rossiyaning NATO çegaralari yaqinida – Uzoq Şimolda yadro qurolini modernizatsiya qilayotgani va joylaştirayotganini kuzatmoqdamiz, endi esa - Belarusda". Stoltenberg NATO köp yillar davomida uşbu voqelikka moslaşib, öz qöşinlarining tayyorgarligini oşirib, şarqiy qanotdagi mavjudligini kengaytirib, kuzatuvni takomillaştirib borayotganini tuşuntirdi: “Bularning barçasi Rossiya harbiy qudratini tizimli ravişda oşirişga javobdir”.
16 iyun, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusga birinçi yadroviy zaryadlar yetkazilganini e’lon qilib, 2023 yil oxirigaça Rossiya taktik yadro arsenalining bir qismini qöşni davlat hududiga ötkaziş maqsadini bildirdi. U bu harakatni “bizni strategik mağlubiyatga uçratişni öylaydigan har qanday odamga” qarşi “töxtatuvçi element”, deb atadi.
















