Ta’kidlanişiça, balandligi 1,7 metr bölgan maşinalar beş yillik sinovdan söng işga tuşirilyapti. Loyiha mualliflarining fikriça, robotlar voqea joyiga politsiya yetib kelguniga qadar vaziyatni bir muddat hal qilişga yordam beradi. 

Robotlar kameralar, datçiklar, dinamiklar, displey, buriliş signallari va sirena bilan jihozlangan, ular avtonom patrul qiliş imkoniyatiga ega va politsiya xodimiga fuqarolar bilan mikrofon orqali bevosita muloqot qiliş imkonini beradi. 

Singapur politsiyasi Çangi aeroportining 4-terminaliga ikkita robot joylaştirilganini aytdi. Robotlar patrul xodimlari bilan birgalikda obekt hududidagi vaziyatni tekşiradi. Ular, şuningdek, 360 graduslik kamera uçun 2,3 metr balandlikka kötariladigan ustunlar bilan jihozlangan. 

«Robotexnika integratsiyasi ofitserlarimizning samaradorligi va imkoniyatlarini oşirib, ularga öz vazifalarini yanada samarali bajariş imkonini beradi», dedi aeroport politsiya bölimi boşliği Supt Lim. 

Aprel oyida Nyu-York politsiyasi xodimlari internetdagi videolar tufayli maşhur bölgan Boston Dynamic kompaniyasining Digidog robotlaridan köçalarni patrul qiliş uçun foydalanişni boşladi.