Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) Xalqaro mehnat konferensiyasining 111-sessiyasi doirasida «Mehnat dunyosi: ijtimoiy adolat hamma uçun» sammitida iştirok etdi.
«Adolatli ötiş maqsadida iş örinlari va ijtimoiy himoya» mavzusidagi tadbirning panel sessiyasini Tanzila Norboyeva va Germaniya mehnat vaziri Xubertus Xayl bilan birga asosiy ma’ruzaçi sifatida oçib berdi.
Norboyeva öz çiqişida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atrofliça ma’lumot berdi. Xususan, davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölgan aholining barça qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş böyiça samarali çora-tadbirlarni amalga oşirişga qat’iy intilişi alohida ta’kidlandi.
Yaqinda qabul qilingan Konstitutsiyasida Özbekiston ijtimoiy yönaltirilgan davlat sifatida e’lon qilingani, bundan taşqari, Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi, ijtimoiy-mehnat sohasiga oid 40 dan ortiq qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgani aytib ötildi.

Özbekistonni iş örinlari yaratiş va adolatli ötiş uçun umumiy ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça BMT «Global tezlatkiç» taşabbusida iştirok etişga taklif qilingani uçun minnatdorlik bildirildi. Şu bilan birga, ayni paytda Özbekistonda mazkur mexanizmning barça elementlari amaliyotga joriy etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari, ijtimoiy adolatga erişişda davlat va ijtimoiy şeriklar, moliya institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati örtasida yaqin hamkorlikni yölga qöyiş zarurligini qayd etdi.
Sözga çiqqan Germaniya, Ispaniya, Venesuela kabi davlatlar vakillari hamda BMT Boş kotibi örinbosari Özbekiston tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslarni qöllab-quvvatladi.
Sammit yakunlariga köra, davlat va hukumat rahbarlari, ijtimoiy şeriklar va xalqaro taşkilotlar jahonda ösib borayotgan tengsizlik va qaşşoqlikka qarşi kuraşiş uçun butun xalqaro hamjamiyatni kelişilgan va muvofiqlaştirilgan çoralar qabul qilişga, hukumatlarni esa xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş yöli bilan sa’y-harakatlarining insonlar va umuman olganda, sayyoramiz manfaati uçun ta’sirini maksimal darajada oşirişga çaqirdilar, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, savdo va ekologiya masalalariga oid barça qarorlar va kelişuvlar ijtimoiy adolatni ta’minlaş zaruratini hisobga olişi şartligiga kelişib oldilar.

















