«Biz ittifoqçilarga [Stokholm bilan] ikki tomonlama muzokaralarimizda NATOning oçiq eşiklar siyosatini qöllab-quvvatlaganimizni e’lon qildik va Şvetsiya ham Finlandiya singari uç tomonlama [Madrid] memorandumida mustahkamlangan majburiyatlarni aniq amalga oşirişi bilan NATOga qöşila olişini ma’lum qildik», - deya tuşuntirdi Guler. 

U şuningdek, Anqaraning Şvetsiya a’zoligiga oid şartlari, xususan, terrorizmga qarşi kuraş bilan boğliqligini qöşimça qildi. Guler, NATO vazirlar yiğilişi doirasida Turkiya terrorizmga qarşi «oxirigaça» kuraşişga tayyorligini körsatganini ta’kidladi. 

Avvalroq, Fransiya iyul oyida Litvada bölib ötişi kerak bölgan blok sammiti oldidan Şvetsiyani NATOga qabul qilişga çaqirgani xabar qilingandi.